Sankt-Peterburgning Nevskiy tumanida montaj işlari paytida özbekistonlik quruvçi ön metr balandlikdan qulab tuşdi va olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etdi. Bu haqda “Neva Today” xabar berdi.
Qayd etilişiça, voqea joriy yilning 21 iyun kuni soat 13:30 da sodir bölgan. Dastlabki maʼlumotlarga köra, montaj işlari olib borilayotgan vaqtda 36 yoşli özbekistonlik 10 metr balandlikdan yiqilib, olgan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.
Politsiya mazkur holat yuzasidan quriliş yoki boşqa işlarni bajarişda xavfsizlik qoidalarini buzganlik yuzasidan jinoyat işi qözğatiş masalasini körib çiqmoqda.









