Rossiyada uç özbekistonlik telekanal xodimasiga hujum qilişda ayblanmoqda

Rossiyada uç özbekistonlik telekanal xodimasiga hujum qilişda ayblanmoqda

Özbekistonlik uç nafar özbekistonlik “Matç TV” telekanali xodimiga hujum qilganlikda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berdi.

Qayd etilişiça, 6 iyul kuni soat taxminan 02:30 da Moskvadagi “Ostankino” yaqinida uç erkak muhojir telekanal xodimiga hujum qilgan. Telekanal xodimi işdan qaytayotgan bölgan.

Jabrlanuvçining özi voqea haqida politsiyaga xabar bergan. Gumonlanuvçilar qölga olingan. Ular özbekistonlik 22, 24 va 25 yoşli fuqarolar bölib çiqqan.

Tergovçilar tomonidan “Bir guruh şaxslar tomonidan sodir etilgan zöravonlik” moddasi böyiça jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçilarga 10 yilgaça qamoq jazosi berilişi mumkin.

“Matç TV” vakillari telekanal voqeadan xabardor ekanligini maʼlum qildi va televideniye xodimi bilan sodir bölgan voqea tafsilotlarini oşkor etmay bölmasligini bildirdi. Kanal maʼmuriyati, agar kerak bölsa, huquq-tartibot idoralariga mazkur iş böyiça yordam körsatişga tayyorligini maʼlum qildi.


Teglar:
×