Rossiyada xitoyliklarga hujum qilgan olti özbekistonlik qamaldi

Rossiyada xitoyliklarga hujum qilgan olti özbekistonlik qamaldi

Rossiyada Xitoy fuqarosiga hujum qilgan olti nafar Özbekiston fuqarosi sud hukmi bilan qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Novosibirsk sudi xitoylikka hujum qilgan olti nafar Özbekiston fuqarosini Jinoyat kodeksining 162-moddasi 4-qismi va 105-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topgan.

Sud qarori bilan beş nafar özbekistonlikka 8 yildan 10 yilgaça qamoq jazosi tayinlangan. Qotillik ayblovi qöyilgan oltinçi erkakka 16 yil qamoq jazosi tayinlangan. Jazoni qattiq tartibli koloniyada ötaş belgilangan.

Tergov maʼlumotlariga köra, aybdorlar 24 iyul kuni issiqxona hududida ikki nafar Xitoy fuqarosiga hujum qilgan va ularga 1,3 mln rubl zarar yetkazgan. Keyinroq, 29 avgust kuni qonunbuzarlar Xitoyning olti nafar fuqarosiga hujum qilib, 400 ming rubl zarar yetkazgan. Bundan taşqari, xitoyliklardan biri vafot etgan.

×