Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Soçida Turkiya yetakçisi Rajab Toyib Erdöğan bilan uçraşuvda, unga TASS agentligi boş direktorining birinçi örinbosari Mixail Gusmanning Turkiya yetakçisining hayoti va siyosiy faoliyati haqida hikoya qiluvçi hujjatli filmini topşirdi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.
Mazkur film TASS va "Rossiya 24" telekanalining qöşma mahsuloti sanaladi. Gusman iyun oyida Erdöğan haqidagi “Hokimiyat formulasi” tsikli doirasida suratga olingan filmni taqdim etgan. Taqdimot Turkiyaning Moskvadagi elçixonasida bölib ötgan. U “Rossiya 24” telekanalida ham namoyiş etilgan.
Taxminan 25 daqiqa davom etgan lentada Gusman va Erdöğan örtasidagi törtta suhbatdan parçalar (birinçi suhbat 2005 yilda, siyosatçi Turkiya boş vaziri sifatida işlayotganida bölib ötgan) bor.
Film Erdöğanning bolalik, maktab va universitet yillari haqida hikoya qiladi, u şaxs sifatida kamol topgani uçun ayniqsa ota-onasiga minnatdorlik bildiradi. Turkiya rahbari siyosat bilan “taxminan 17 yoşidan şuğullana boşlagani”, yoşlar, tuman, viloyat taşkilotlari, partiya organlarida işlagani va keyinçalik Istanbul hokimi bölganini taʼkidlagan.
Erdöğanning sözlariga köra, hokimiyat “maşaqqatli mehnat va katta masʼuliyat”, siyosat esa har doim katta tavakkalçilik bilan boğliq. Filmda yetakçining şaxsiy hayotining jihatlari: bölajak rafiqasi bilan uçraşiş tarixi, dinga munosabati, futbolga bölgan muhabbatiga alohida eʼtibor qaratilgan.
Iyun oyida bölib ötgan taqdimotdan söng Mixail Gusman Turkiya OAVsiga intervyu berib, Prezident Erdöğanga munosabati haqida gapirgan.
“Bugun filmimiz taqdimotida Turkiya baxtli davlat ekani, uning şunday yetakçisi borligini aytdim. U şunçaki buyuk siyosatçi emas, balki juda buyuk insoniy şaxs, buyuk xarizmaga ega, juda yuqori darajadagi siyosiy tahlilga ega, zamonaviy dunyo muammolarini tuşunadi, strategik fikrlaydi. Bugun uning roli nafaqat Turkiyada, Turkiya Prezidenti sifatida, balki butun dunyo uçun nihoyatda muhim”, degan Gusman.









