Nursulton Röziboyev oxirgi jangidan qança daromad qilgani maʼlum böldi

Nursulton Röziboyev oxirgi jangidan qança daromad qilgani maʼlum böldi

Özbekistonlik UFC jangçisi 31 mart tongida AQŞning Atlantik-Siti şahrida ötkazilgan UFC Fight Night 241 turniridan jami 28 ming AQŞ dollari miqdorida daromad qildi. Bu haqda sportçining özi QALAMPIR.UZ'ga maʼlum qildi.

Maʼlum bölişiça, jangçi 14+14 körinişida gonorar olgan. Garçi 30 yoşli sportçi amerikalik Sedrik Dyumani 1-raunddayoq nokautga uçratgan bölsa ham UFC Röziboyevga bu safar bonus taqdim etmadi.

Turkiyalik Ibo Aslan hamda şvetsiyalik Anton Turkal örtasidagi jang UFC Fight Night 241 turnirining eng yorqin jangi deb topildi va har ikki sportçi 50 ming AQŞ dollar bonusni qölga kiritdi.

Qayd etiş joiz, Röziboyev taşkilotdagi 1-jangida braziliyalik Bruno Ferreyrani 1-raundda mağlubiyatga uçratib, 50 ming AQŞ dollar bonus bilan mukofotlangandi.


×