MIB xodimi kattagina pulni talon-toroj qilgani maʼlum böldi

MIB xodimi kattagina pulni talon-toroj qilgani maʼlum böldi

Maʼlumki, Jinoyat kodeksining 164-169-moddalarini öz içiga olgan X bobi “Özgalar mulkini talon-toroj qiliş” deb nomlangan. Afsuski, sönggi paytlarda sudlarda körilayotgan jinoyat işlarining aksariyati ayni toifadagi jinoyatlardir. Ayniqsa, jamiyatda yuksak obrö va eʼtiborga ega bölgan kasb sohiblarining bunday jinoyatlarga qöl urayotgani açinarli holdir.

Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Andijon şahar bölimi davlat ijroçisi Ilhomjon Inomiddinov (ism-şariflari özgartirilgan) ham öz nafsiga aldanib, fuqaro Jahongir Soliboyev bilan jinoiy til biriktirdi.

Gap şundaki, Andijon tumanlararo iqtisodiy sudining 2018 yil 15 yanvardagi ijro varaqasiga asosan Andijon viloyat “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasidan 423.323.673 söm soliq va boşqa majburiy tölovlarni undiriş belgilangan. Mazkur ijro varaqa 2018 yil 24 aprelda Majburiy ijro byurosining Andijon şahar bölimiga kelib tuşgaç, davlat ijroçisi I.Inomiddinov tomonidan “Ijro işi yuritişni qözğatiş töğrisida” qaror qabul qilinadi. Şunga köra, korxonaga tegişli, şaharning Qöşariq dahasida joylaşgan yoqilği ombori, avtoturargoh hamda bino va inşootlar dalolatnoma asosida xatlangan. Öşa yilning 15 noyabrida esa xatlangan köçmas mulklar elektron onlayn auktsion savdosiga çiqarilgan. Biroq unitar korxonaning murojaatiga asosan 2019 yil 4 yanvarda ijro harakatlari vaqtinça töxtatilgan.

Keyinçalik maʼlum bölişiça, Andijon şahridagi “TEPLOPODYOMNIK” masʼuliyati çeklangan jamiyatining 2019 yil 22 fevraldagi TP-0175-22 – sonli xulosasiga muvofiq, xatlangan 2 dona yoqilği siğimlari yaroqsiz deb topilib, utilizatsiya qilinişi belgilangan. Şundan kelib çiqqan holda, Andijon viloyat “Issiqlik manbai” DUK rahbari Muhammadzohid Töxtaboyev 2019 yil 23 martdagi aloqa xati bilan yaroqsiz deb topilgan 2 dona yoqilği siğimlarini utilizatsiya qilib, undan tuşgan mablağni bölsa korxonaning soliq qarzdorligi va xodimlarning iş haqiga yönaltirib berişni söragan. Binobarin, 2019 yil 25 mart kuni Ilhomjon bu xususda qaror qabul qiladi. Söngra 2019 yil 11 iyun kuni 2 dona yoqilği siğimlari 2019 yil 18 apreldagi dalolatnomaga binoan “Özmetkombinat” AJning “Ikkilamçi qora metal” şöʼba korxonasi Andijon filialiga 60.000 kilogram metal hisobida topşirilganligi haqida “Issiqlik manbai” DUK rahbariga xabar beradi. Aloqa xatiga yuqoridagi dalolatnomani ham ilova qiladi. Şunga asosan, M.Töxtaboyev topşirilgan 60.000 kilogram metalni  korxona rejasidan çegirib taşlaşni söraydi. Lekin “Ikkilamçi qora metal” şöʼba korxonasi Andijon filiali unga bunça miqdordagi metal topşirilmaganligini maʼlum qiladi. Negaki davlat ijroçisi Ilhomjon Inomiddinov şahrning Böston dahasida yaşovçi, ikkilamçi qora metal oldi-sotdisi bilan şuğullanuvçi fuqaro Jahongir Soliboyev bilan birga hujjatlarni soxtalaştiriş orqali tilga olingan 2 dona yoqilği siğimlarini allaqaçon 72.173.726 sömga sotib, pullarni özlaştirib yuborgan ekan. Şu bois I.Inomiddinov va J.Soliboyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “a,v,g”-bandlari bilan jinoyat işi qözğatiladi.

×