Joriy yilning 28 sentyabr kuni Toşkent şahri Sergeli tumanidagi “Quruvçilar” dahasida joylaşgan “Inter Logistics” MÇJga qaraşli omborxonada yonğin çiqişi, söng portlaş sodir bölişiga omborxonada saqlangan kimyoviy moddalar sabab bölgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi tergovga oid dastlabki maʼlumotlarga asoslanib xabar berdi.
“Uşbu ombordan tadbirkorlar ijara şartnomasi asosida foydalanib kelgan. Biroq, omborda kimyoviy moddalar saqlaş mumkin bölmagan, ustiga ustak ularni saqlaş böyiça xavfsizlik qoidalari qöpol ravişda buzilgan”, deydi manba QALAMPIR.UZ bilan suhbatda.
Uning bildirişiça, kimyoviy moddalarning özaro aralaş holatda saqlanişi oqibatida yonğin va portlaş kelib çiqqan.
Maʼlumotlarga köra, omborda peroksid vodorod saqlangan.
Portlaş ortidan 4 kişi hibsga olindi. Ular uşbu omborxona hududida ijara şartnomasi asosida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik subʼektlari direktorlaridir.
Qayd etilişiça, IIV Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (yonğin xavfsizligi qoidalarini buziş) 2-qismi “a” va ”b” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Va jinoiy protsessual tartibda 4 kişi qölga olingan.
Qölga olinganlarning şaxsi, uşbu ombor hududida qanday korxonalar ijara şartnomasi asosida faoliyat yuritgani QALAMPIR.UZ’ga maʼlum emas.
manba: qalampir.uz









