Hindiston öz nomini özgartirmoqçi

Hindiston öz nomini özgartirmoqçi

Hindiston hukumati mamlakatning ingliz tilidagi nomini Bharat (hindça nomi)ga özgartirişi mumkin. Bu masala parlamentning sentyabr oyida bölib ötadigan navbatdan taşqari sessiyasida körib çiqilişi rejalaştirilgan. Bu haqda “The Economic Times” xabar berdi.

Hindiston Konstitutsiyasiga köra, uning rasmiy tillari ingliz va hind tillari bölib, ingliz tilida mamlakat Hindiston (India), hind tilida esa Bharat deb ataladi. Nomini özgartiriş töğrisidagi rezolyutsiyani qabul qiliş uçun Hindiston hukumati parlamentning har ikki palatasida ham köpçilik ovozga ega bölişi kerak. Hujjat qabul qilinganidan söng, hukumat konstitutsiyaga ingliz tilidagi versiyasida “Hindiston hukumati” degan sözni öz içiga olgan kamida önta joyda tuzatişlar kiritişi kerak.

“Hindiston Prezidenti” emas, balki “Bharat Prezidenti” atamasi birinçi marta Prezident Draupadi Murmu nomidan G20 yetakçilariga yuborilgan keçki ovqat taklifida işlatilgan. Parlament işlari vaziri Pralxad Joşi Nyu-Dehlida parlamentning beş kunlik maxsus sessiyasi joriy yilning 18-22 sentyabr kunlari bölib ötişini maʼlum qilgan.


×