Ilon Mask kasbini özgartirmoqçi

Ilon Mask kasbini özgartirmoqçi

Amerikalik milliarder Ilon Mask öz kasbini özgartirib, blogerlik faoliyatini boşlaş haqida boş qotiryapti. Bu haqda milliarder bugun, 10 dekabrʼ kuni öz Twitter sahifasida yozib qoldirgan.

Ijtimoiy media platformasining taniqli foydalanuvçisi bölgan Ilon Mask kasbini tark etişga jiddiy yondaşayotgani aniq emas.

“Men işimni taşlab, inflyuyenser bloger böliş haqida öylayapman. Siz qanday fikrdasiz?”, deb yozadi u.

Uşbu tvit ostida hozirgaça millionlab foydalanuvçiga ega blogerlar öz kanallarini reklama qilişda yordam sörab şarh qoldirişgan. Bundan taşqari, baʼzilar Maskdan “video öyinlar translyatsiyalarida iştirok etişni xohlaysizmi”, deb söraşgan.

Ilon Mask Amerikaning Tesla va SpaceX kompaniyalariga rahbarlik qiladi. Tesla kompaniyasi dastlab faqat elektromobillar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan bölsa, keyinçalik quyoş panellari va boşqa energiya saqlaş tizimlarini yaratiş bilan ham şuğullana boşladi. Bundan taşqari, Mask kosmik texnologiyalarni işlab çiqaruvçi va orbital parvozlarni amalga oşiruvçi SpaceX kompaniyasi asosçisi hisoblanadi.

“Forbes” milliarderlar reytingiga köra, 1 noyabrʼ kuni Mask tarixda boyligi 300 milliard dollardan oşgan birinçi odam böldi. Ayni damda uning boyligi 263 milliard dollar deb baholanmoqda.

×