Ijtimoiy tarmoqlarda «Vtoraya jena zamministra» – «Zamministrning ikkinçi xotini» nomi bilan masʼuliyati çeklangan jamiyat oçilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Davlat xizmatlari agentligi yuridik şaxslarni davlat röyxatidan ötkazuvçi vakolatli organ sifatida mazkur masalaga oydinlik kiritdi.
Qayd etilişiça, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisida»gi Qonunining 33-moddasiga asosan, yuridik şaxs bölgan tadbirkorlik faoliyati subʼekti firma nomiga bölgan huquqqa ega, bu nomni uning özi mustaqil ravişda belgilaydi va öz taʼsis hujjatlarida körsatadi.
2017 yil 1 apreldan boşlab tadbirkorlik subʼektlari Tadbirkorlik subʼektlarini davlat röyxatidan ötkaziş va hisobga qöyişning avtomatlaştirilgan tizimi orqali (özi kelgan holda yoki onlayn usulda) davlat röyxatidan ötkaziladi.
Özbekiston Respublikasi «Firma nomlari töğrisida»gi Qonunining 4-moddasiga asosan Firma nomida:
- davlatning rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat notijorat taşkilotining qisqartirilgan yoki töliq nomi;
- tarixiy yoki Özbekiston Respublikasida maşhur bölgan şaxsning töliq yoki qisqartirilgan ismi, belgilangan tartibda beriladigan ruxsatsiz;
- firma nomining egasi, uning faoliyat turi yoki u kelib çiqqan mamlakat xususidagi soxta yoki isteʼmolçini çalğitişi mumkin bölgan belgilar;
- jamiyat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq printsiplariga zid bölgan belgilar körsatilmasligi kerak.
Şuningdek, Davlat xizmatlari agentligi tomonidan Tadbirkorlik subʼektlarini davlat röyxatidan ötkaziş va hisobga qöyişning avtomatlaştirilgan tizimida «Firma nomlari töğrisida»gi Qonunga asosan firma nomlarida işlatilişi mumkin bölmagan sözlardan foydalaniş böyiça çeklovlar qöyiladi. Uşbu röyxat mutaxassislar tomonidan muntazam ravişda yangilanib boriladi.
Muhokamalarga sabab bölayotgan tadbirkor aslida boşqa nom ostida röyxatdan ötkazilgan bölib, joriy yilning 22 dekabr kuni Zangiota tumani Davlat xizmatlari markazi orqali qayta röyxatdan ötkazilgan va nomini özgartirgan. Muhokamaga sabab bölgan tadbirkorlik subʼektining firma nomi, tadbirkor bilan olib borilgan tuşuntirişlardan söng, belgilangan tartibda özgartirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda özini «vazir örinbosarining ikkinçi xotini» deya taniştirgan va YPX xodimlari bilan talaşgan ayol videosi keng muhokamalarga sabab bölgan edi. Şundan söng, «zamministrning ikkinçi xotini» iborasi tarmoqlarda trendga çiqib ketgandi.









