FIFA KJÇ formatini özgartirmoqçi

FIFA KJÇ formatini özgartirmoqçi

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) klublar örtasidagi Jahon çempionati formatiga özgartirişlar kiritişni rejalaştirmoqda. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

 Naşrga köra, FIFA turnirni 2029 yildan boşlab har ikki yilda bir marta ötkaziş imkoniyatini körib çiqmoqda va iştirokçilar sonini 32 tadan 48 taga oşirmoqçi. Rejaga köra, klublar örtasidagi Jahon çempionatida bir davlatdan ikki klubdan ortiq jamoa qatnaşişiga ruxsat berilişi mumkin. 

Şuningdek, xalqaro taqvimda yuklamaning haddan taşqari ortib ketişining oldini oliş uçun terma jamoalarning örtoqlik uçraşuvlari hamda iyul oyidagi milliy jamoalar turnirlari bekor qilinişi mumkin. Biroq Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) bunga qarşi böladi, çunki bu vaqtda Millatlar ligasi ötkaziladi.

Maʼlumotlarga köra, turnirni ikki yilda bir marta ötkaziş masalasini FIFA’dan Madridning “Real” klubi söragan. U bundan avval ham Ispaniya La Ligasidan klublar örtasidagi Jahon çempionatida iştirok etişi tufayli qöşimça dam oliş kunlarini ajratişni söragan va dunyoning yetakçi klublaridan qöllab-quvvatlov olgan.


Teglar:
×