Prezident: «Erkin fikrli jurnalistlar tarafida bölganman va doimo şu pozitsiyada bölaman...»

Prezident: «Erkin fikrli jurnalistlar tarafida bölganman va doimo şu pozitsiyada bölaman...»

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev yurtimiz mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan sözlagan nutqida jurnalistlar va OAV masalasiga töxtalib ötdi. 

«Biz – nizolarni uruş bilan emas, tinçlik bilan hal etiş yölini tanlaydigan xalqmiz. Biz barça xalqlar bilan hamişa murosai madora, döstlik va hamkorlikda yaşab kelganmiz. Bugungi taraqqiyot yölimizda ham aynan şu tamoyillarga tayanamiz.

Bizga, birinçi navbatda, kuçli fuqarolik jamiyati zarur, çunki har qanday islohot har birimizning yuragimizdan, ongimizdan boşlanişi lozim.

Adolatli qonunlar böyiça vijdonan yaşaşga tayyor bölişimiz, mamlakat kelajagi uçun bir yoqadan boş çiqarib, olğa qadam bosmoğimiz kerak» , deydi prezident.

Şavkat Mirziyoyev şuningdek, söz erkinligi va OAV haqida gapirdi. 

«Bugun rivojlangan fuqarolik jamiyatini şakllantiriş haqida gap borar ekan, buni söz va matbuot erkinligisiz tasavvur qilib bölmaydi. Butun dunyoda jurnalistlar özlari va jamiyatni öylantirayotgan, xavotirga solayotgan mavzular haqida gapiriş va yoziş huquqi uçun, haqiqat uçun kuraşganlar va bundan keyin ham kuraşadilar.

Ammo, işonç bilan ayta olamanki, men erkin fikrli jurnalistlar tarafida bölganman va doimo şu pozitsiyada bölaman. Ayni vaqtda axborot makonida haqqoniylik va xolislik boş mezon bölişi kerak».


×