«Qarşi bölmasangiz, 3 kun bölaman bu yerda» — Prezident samolyoti ilk marta Möynoq aeroportiga qöndi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Şavkat Mirziyoyev hududlar rivoji va aholi hayoti bilan tanişiş maqsadida 23 fevral kuni Qoraqalpoğiston Respublikasiga jönab ketgandi. 30 yildan söng faoliyati tiklangan aeroportda Şavkat Mirziyoyev faollar bilan suxbatlaşmoqda.

— Qoraqalpoğistonning 2 millionlik aholisini qanday qilib rozi qiliş bizni öylantiradi. Birinçi marta respublika rahbarlari 1 hafta davomida Qoraqalpoğistonda böladi. Men ham qarşi bölmasangiz, 3 kun bölaman bu yerda. Nega şimoliy tumanlarga viloyat rahbarlarini biriktirdim? Avvalambor, «mehr közda» deydi. Birgalaşib Orolböyining muammolarini körişimiz va hal qilişimiz kerak. Töğri, hamma narsani bugun qilolmaymiz. Bittada hammasi «bor» qiladigan davlatning özi yöq. Lekin reja tuzib eng oğir joydan tiklaş va rivojlantirişni boşlaymiz.

Bu aeroport ham faqat rasmga tuşiş uçun aeroport bölmasligi kerak. Manfaat olib kelişi, odamlarning oğirini yengil, uzoğini yaqin qilişi kerak. Hozirça Toşkent-Möynoq-Nukus reysi haftada bir marta böladi. Agar sizlarda reysni köpaytiriş, vaqtini belgilaş böyiça talablar bölsa, istaganingizdek qilinadi, — dedi Şavkat Mirziyoyev.

Agar Toşkentdan tibbiyot sohasi vakillari Qoraqalpoğistonga kelib işlasa, ularning oylik maoşiga 100 foiz ustama haq tölaymiz. Agar Möynoqqa kelib işlasa ustama, ikki baravar böladi.

Prezident bu yönalişda qaror işlab çiqiş böyiça topşiriq berdi.

×