“Oriyat Dono” radiokanalida efirga uzatilgan “Futbol plyus” loyihasi iştirokçilari Bobur Akmalov, Jamoliddin Bobojonov va Xayrulla Xamidov özaro suhbatda “O‘zbekiston 24” telekanali xususida tanqidiy fikr bildirib, kanal tarqatayotgan xabarlar real hayotdan yiroq ekani haqida (“Susambil”da taşkil qilinganmi" deya) mulohaza bildirgan edi. Aynan şu kiçik qism internet tarmoqlarida tarqaldi va keng muhokama qilindi.
Şundan söng joriy yilning 21 may kuni uşbu holat yuzasidan MTRK rahbari Alişer Xadjayevning mulohazasi eʼlon qilindi. Maqolada televideniye rahbari ularni “korporativ etika tuşunçasidan yiroq ekanliklarini, sportçilar orasida juda qadrlanadigan jamoaviy birlik qadriyatini umuman tuşunmasliklarini” taʼkidlagan.
Şuningdek, A.Xadjayev “bu ikki şaxs özlari yaşab turgan mamlakatdagi holatni aniq-tiniq bilmasdan, vaziyatga özlarining “minora”laridan turib baho berganliklaridir. Kimdir, qayerdadir aytgan fikrga qarab xulosa qiliş va bu xulosani axborot vositasi orqali tarqatiş – özini professional, deb bilgan jurnalistga yaraşmaydi”, deb yozadi.
Maqola söngida “Xöş, bizning korporatsiyamiz (yaʼni kompaniyamiz) korporativ etikani tan olmaydigan, hamkasblarining yuziga oyoq qöyadigan, siyosiy va madaniy ongi hamda professionalizmi haminqadar bölgan bu ikki xodimning xizmatiga muhtojmi?”, deya savol qöyib, bu savolni “B.Akmalov va J.Babajanovlarning vijdonlariga havola” etgandi.
MTRKdagi manbalarning tasdiqlaşiça, “Sport” teleradiokanalida 1-toifali muharrir ştatida işlab kelgan Bobur Akmalov va “Sport” teleradiokanali boş rejissyori Jamoliddin Bobojonov böşaşga ariza yozgan.
“Oriat dono” radiosidagi “Futbol plyus” loyihasi yopilgan haqida ham xabarlar tarqadi. Radioning yutubdagi sahifasida öşa kungi soni öçirib taşlangan.
Manba: human.uz









