Özbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi Hindistonga boruvçi özbekistonliklarni Nipah virusi avj olayotganidan ogohlantirdi. Bu haqda qömitaning Telegram-kanalida maʼlum qilindi.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti Hindistonning Kerala ştatida Nipah virusi avj olayotgani haqidagi maʼlumotini taqdim etdi. Joriy yilning 22 sentyabr holatiga köra, Nipah infektsiyasi böyiça oltita holat tasdiqlangan bölib, ikkita ölim holati yuz bergan.
Nipah virusi – boş miya yalliğlanişi yoki nafas yöllari kasalliklari bilan keçadigan jiddiy kasallikni keltirib çiqaradigan virus turi hisoblanadi.
Hindistonga savdo-sotiq işlari böyiça boruvçi tadbirkorlar yoki sayohat uçun yölga otlanlangan özbekistonliklarga mazkur virusdan saqlaniş uçun quyidagi tavsiyalarga amal qiliş eslatib ötilgan:
- şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etiş;
- mevalarni isteʼmol qilişdan oldin yaxşilab yuviş;
- yangi siqilgan xurmo şarbatini qaynatib içiş;
- asosiysi körşapalaklar tirnaşi yoki tişlaşi natijasida teşilgan mevalarni isteʼmol qilmaslik.
“Har qanday kasallikning oldini olişda belgilangan qoida va tavsiyalarga amal qiliş muhimligini unutmang”, deyiladi xabarda.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti maʼlumotlariga köra, virusdan ölim darajasi 40-75 foizni taşkil qiladi. Uşbu yuqori ölim körsatkiçlari infektsiyaga qarşi vaktsina yöqligi bilan boğliq. Hindistonlik mutaxassislar ham bu virusning xavfliligini taʼkidlab, iqlim inqirozi zoonoz kasalliklar soni ortişiga sabab bölayotgani, 50 yil içida 15 000 turdagi viruslar tarqaliş ehtimolidan ogohlantirmoqda









