Özbekistonda şifokor va hamşiralar örtaça qança oylik oladi?

Özbekistonda şifokor va hamşiralar örtaça qança oylik oladi?

ÖzA Özbekistondagi şifokor va hamşiralarning oylik maoşlari haqida maʼlumot berdi.


Unga köra, oliy toifali tibbiy brigada hamşirasining örtaça maoşi 2,5 million söm, ustamalar bilan 5 million söm. Oliy toifali operatsiya hamşirasining örtaça oylik iş haqi esa 3 million söm, ustamalar bilan 6,7 million söm.

Oliygohni yangi bitirgan salohiyatli oilaviy şifokor iş haqi 2,7 million söm, ustamalar bilan 5,4 million söm. Ilmiy darajasi bölganda 6,2 million söm, yangi iş boşlagani uçun qöşimçasi bilan esa 7,2 million sömni taşkil etadi.


Agar uşbu darajadagi şifokor olis va çekka hududlarga borib işlasa 9,2 million söm oladi.

Oliy toifali jarroh şifokorning örtaça maoşi 4,7 million söm. Yuqori texnologiyali operatsiyalar amalga oşirganda 5,9 million söm, ustamalar bilan 9,4 million söm, ilmiy darajasi bölsa 12,3 million söm maoş oladi.

Oilaviy şifokorlik punktida işlovçi oliy toifali şifokor örtaça 4,9 million söm maoş oladi. Ustamalar bilan 9,8 million söm, ilmiy darajasi bölsa 12,7 million söm oladi.

Agar uşbu darajadagi şifokor olis va çekka hududlarga borib işlasa 14,7 million söm oladi.

Teglar:
×