Özbekistonda örtaça oylik iş haqi oşgani maʼlum qilindi

Respublikada nominal hisoblangan örtaça oylik iş haqi kötarildi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.

Infografika: Statistika agentligi

Dastlabki hisob-kitoblarga köra, joriy yil yanvar–iyul oylarida Özbekistonda örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqi 5 million 92 ming sömga yetgan. Bu körsatkiç 2023 yilning mos davrida 4 million 337 ming söm bölgan.

Infografika: Statistika agentligi

Qayd etilişiça, yarim yil mobaynida hududlar böyiça örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqining eng yuqori körsatkiçlari Toşkent şahrida (8,4 million söm), Navoiy (6,6 million söm), Toşkent (4,9 million söm), Andijon (4,4 million söm) viloyatlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasida (4,2 million söm) kuzatildi.

Olti oy davomida hududlar böyiça örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqining eng yuqori ösiş surʼatlari Toşkent şahrida (20,2 foiz), Samarqand (18,2 foiz), Andijon (17,6 foiz), Farğona (16,8 foiz) hamda Navoiy (16,2 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

Infografika: Statistika agentligi

Örtaça oylik iş haqlari iqtisodiy faoliyat turlari böyiça quyidagiça:

  • Bank, suğurta, lizing, kredit va vositaçilik faoliyati — 14,4 million söm;
  • Axborot va aloqa — 12,4 million söm;
  • Taşiş va saqlaş — 7,7 million söm;
  • Sanoat — 6,2 million söm;
  • Savdo — 5,9 million söm;
  • Quriliş — 5,4 million söm;
  • Yaşaş va ovqatlaniş xizmatlari — 4,6 million söm;
  • Taʼlim — 3,5 million söm;
  • Soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar körsatiş — 3,3 million söm.

Maʼlumot uçun, mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoriga sönggi marta 2023 yil 1 dekabrdan özgartiriş kiritilgan bölib, 1 million 50 ming sömni taşkil etadi.

Teglar:
×