Davlat statistika qömitasi xabariga köra, 2019 yil yanvar-iyun oylarida Özbekiston Respublikasi böyiça yuridik şaxs maqomiga ega bölgan korxona va taşkilotlarda işlovçilarning örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqi 2092,6 ming sömni (iş haqiga ustama, mukofot, rağbatlantiriş xususiyatiga ega tölovlar, kompensatsiya va işlanmagan vaqt uçun haq kabi tölovlar kiritilgan, şuningdek uning tarkibida jismoniy şaxslar daromad soliği va kasaba uyuşmasiga tölovlar ham mavjud) taşkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan 30,1 % ga ösişni taʼminladi.
Respublika böyiça 2019 yil yanvar-iyun oylarida 2018 yilning mos davriga nisbatan iqtisodiy faoliyat turlari böyiça örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqining yuqori ösiş surʼati soğliqni saqlaşda 37,2 %, taʼlim sohasida 35,3 %, bank, suğurta, lizing, kredit va vositaçilik faoliyatida 31,8 %, sanoatda 23,0 % va qurilişda 22,9 % kuzatildi.
Örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqi körsatkiçini respublika hududlari böyiça köradigan bölsak, yaʼni örtaça oylik iş haqining yuqori miqdori Toşkent şahrida 2971,9 ming sömni (respublikadagi örtaça oylik iş haqiga nisbatan 142,0 %), Navoiy viloyatida 2659,5 ming sömni (127,1 %) va Toşkent viloyatida 2300,7 ming sömni (109,9 %) taşkil etgan bölsa, Samarqand viloyatida 1738,2 ming sömni (83,1 %), Surxondaryo viloyatida 1722,8 ming sömni (82,3%), Namangan viloyatida 1720,0 ming sömni (82,2 %) taşkil etib, boşqa hududlarga nisbatan kam miqdorga ega bölmoqda.









