Joriy yilning birinçi yarim yilligida jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği tuşumlari 8,8 trln. sömni (ösiş 1,5 trln. söm), jumladan iş beruvçilar tomonidan tölov manbaida uşlab qolinadigan soliq 8,1 trln. sömni (ösiş 1,3 trln. söm) taşkil etdi. Bu haqda Moliya vazirligi hisobotida maʼlum qilindi.
Tuşumlarning ösişiga quyidagi omillar taʼsir qildi:
• ötgan yilning II çoragida joriy etilgan karantin çeklovlarining yumşatilişi;
• iqtisodiy faollikning tiklanişi;
• 2021 yil 1 fevraldan boşlab mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori 10 foizga oşganligi;
• 2021 yildan boşlab byudjet taşkilotlari xodimlarini moddiy rağbatlantiriş tölovlari tiklanganligi (2020 yilda vaqtinça töxtatib qöyilgan edi).

Natijada hisobot davrida daromadi oşgan xodimlar soni köpaygan. Xususan, may oyida 2-4 mln. söm olganlar 1 073 ming nafarni (umumiy tölovçilar sonidagi salmoği 21,3 foizdan 23,1 foizgaça oşgan), 4-5,5 mln. söm olganlar 293 ming nafarni (salmoği 4,7 foizdan 6,3 foizgaça oşgan), 5,5 mln. sömdan yuqori olganlar 387 ming nafarni taşkil qilgan (salmoği 5,8 foizdan 8,3 foizgaça oşgan).









