Sönggi 9 oy davomida eng kam örtaça oylik öqituvçi va şifokorlarga berilgan. Bu körsatgiç 2019 yildan beri saqlanib kelmoqda. Davlat statistika agentligi maʼlumotlariga köra, 2023 yilning yanvar-sentyabr oylari böyiça soha xodimlarining örtaça oylik iş haqlari reytingida taʼlim va soğliqni saqlaş xodimlari eng sönggi poğonalarda qolmoqda.
Mazkur vaqt davomida moliya va suğurta faoliyatida xizmat körsatuvçilar eng köp örtaça oylik (12,8 mln söm) olişgan. Bundan keyin axborot va aloqa sohasi xodimlariga eng köp oylik maoş (10,3 mln söm) tölangan.
Röyxatning eng oxirgi ikkita örnida taʼlim (3 mln söm) hamda soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar körsatiş (2,9 mln söm) sohalari turibdi.
Maʼlumotga köra, şu davr mobaynida mamlakatda örtaça oylik iş haqi 4,4 mln sömni taşkil qilgan.
2019 yildan 2023 yilgaça bölgan maʼlumotlarga qaralsa, öqituvçi va şifokorlar örtaça oylik maoşlari deyarli 1,4 mln sömga yuqorilagan va doimiy eng past örtaça oylik iş haqi sifatida röyxatda turgan.









