Özbekiston futbol assotsiatsiyasi Etika qömitasining navbatdagi yiğilişida assotsiatsiyaning futbol faoliyatini nazorat qiliş böyiça maxsus inspektsiyasi tomonidan taqdim etilgan “Andijon-SGS” klubi futbolçilari hamda Özbekiston futbol hakamlari markazi hakami Loçin Dolimovning kelişilgan öyinlarda iştirok etganligi töğrisidagi iş körib çiqildi.
Maʼlum bölişiça, Özbekiston Pro ligasida hakamlik qilib kelgan Loçin Dolimov özining tanişi orqali xorijdagi A. ismli şaxs bilan Telegram'da aloqa örnatib, kelişilgan öyinlarni taşkil etişga uringan.
Şuningdek, Loçin Dolimov “Andijon-SGS” klubining futbolçilari Şahbozbek Jumaboyev, Dilmurod Abduqahhorov va Javohir Qiliçev bilan til biriktirgan holda 2023 yil 25 may kuni Pro liga doirasidagi “Navbahor Farm” va “Andijon-SGS” örtasidagi uçraşuvning natijasiga taʼsir ötkazib, uçinçi şaxslar yordamida bukmekerlik kontoralari orqali pul tikib, moddiy manfaat körgan.
“Andijon-SGS” klubi futbolçisi Şahbozbek Jumaboyev ÖFA Intizom kodeksining tegişli bandlariga asosan aybdor deb topilib, unga nisbatan futbol bilan boğliq faoliyatning barça turidan umrbod çetlatiş hamda jarima jazosi tayinlandi.
Yuqoridagilar bilan birga, futbolçilar Dilmurod Abduqahhorov hamda Javohir Qiliçev ÖFA Intizom kodeksining tegişli bandlariga köra aybdor deb topilib, Dilmurod Abduqahhorovga nisbatan futbol bilan boğliq faoliyatning barça turidan 2 yil muddatga çetlatiş hamda jarima intizom jazosi berildi. Javohir Qiliçevga nisbatan esa futbol bilan boğliq faoliyatning barça turidan 1 yil muddatga çetlatiş hamda jarima intizom jazosi qöllanildi.
“Özbekiston futbol assotsiatsiyasi kelişilgan öyinlarni aniqlaş böyiça FIFA, OFK, “Sportradar” va boşqa tegişli taşkilotlar bilan bilan muntazam ravişda hamkorlik qilib kelayotganligini maʼlum qiladi. Öz navbatida, kelgusida aniqlanadigan holatlar yuzasidan aybdor şaxslarga nisbatan qatʼiy çoralar körilişi töğrisida ogohlantiradi”, deyiladi ÖFA xabarida.









