Turkiyada terakt uyuştirgan özbekistonlik erkak 40 martalik umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Turkiyada terakt uyuştirgan özbekistonlik erkak 40 martalik umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Turkiya Oliy sudi Istanbuldagi Reyna tungi klubiga uyuştirilgan teraktni amalga oşirgan Abdulqodir Maşaripovga nisbatan 2020 yilda çiqarilgan 40 martalik umrbod qamoq jazosi hukmini tasdiqladi. Sud ayblanuvçining iltimosnomalarini körib çiqib, hukm qonunga zid emas, degan qarorga kelgan. Bu haqda CNN Türk telekanali xabar berdi.

Sud hukmiga köra, Maşaripov 39 kişini qasddan öldiriş va 79 kişini öldirişga suiqasd qilişda aybdor deb topilgan. 2020 yil sentyabr oyida sud uni har bir moddaga köra 40 martalik oğirlaştirilgan umrbod qamoq jazosiga va qöşimça ravişda 1 368 yil qamoq jazosiga hukm qilgan. Oliy sud terakt işi böyiça turli muddatlarga hukm qilingan yana 31 mahkumning şikoyat arizalarini ham körib çiqib, ularning hukmlarini özgarişsiz qoldirgan.

Maʼlumot uçun, 2017 yilning 1 yanvariga ötar keçasi Istanbulning Ortaköy tumanidagi Reyna tungi klubida sodir etilgan terakt oqibatida 39 kişi halok bölgan, ularning 16 nafari xorijlik edi. Qurbonlar orasida Rossiya, Iordaniya, Marokaş, Saudiya Arabistoni, Livan, Liviya hamda Isroil fuqarolari bölgan.

Teraktni özbekistonlik Abdulqodir Maşaripov amalga oşirgani aniqlanib, u köp ötmay Istanbul tumanlaridan birida qölga olingan. Uşbu hujum uçun javobgarlikni “Islom davlati” xalqaro terrorçilik taşkiloti öz zimmasiga olgan.


Teglar:
×