Keça – 14 mart kuni Özbekiston Superligasining 2-turidan örin olgan “Söğdiyona” – “Turon” uçraşuvida yuzaga kelgan holatlar futbol jamoatçiligining muhokamalariga sabab böldi.
Gap şundaki öyindan olingan lavhalarda boş hakam Viktor Serazitdinov bir qança vaziyatda oçiqça körinib turgan vaziyatlarda notöğri qarorlar qabul qilgani körindi.
Bugun, 15 mart kuni ÖFA Hakamlik qömitasi tomonidan mazkur bahsni boşqarib borgan boş hakam Viktor Serazitdinovning öyin davomidagi xatti-harakatlari atrofliça tahlil qilib çiqildi.
Mutaxassislar “Söğdiyona” – “Turon” uçraşuvi video-lavhasini qayta körib, vaziyatlarni sinçkovlik bilan örganib çiqqan. Tahlil natijasida, boş hakam Viktor Serazitdinov uçraşuvning 29-daqiqasida “Söğdiyona” darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilamaganligi aniqlandi. Şuningdek, boş hakam 52-daqiqada “Turon” futbolçisi öz jarima maydonida töpni qöli bilan öynadi, deya baholab, penalti belgilagan vaziyat xato ekanligi Qömita vakillari tomonidan qayd etildi.
ÖFA Hakamlik qömitasining yakuniy qaroriga muvofiq, qöpol xatolarga yöl qöyganligi hamda uşbu xatolar öyin natijasiga taʼsir ötkazganligi sababli Viktor Serazitdinovning mazkur uçraşuvdagi faoliyati qoniqarsiz deb baholandi va hakamlik faoliyatidan nomuayyan muddatga çetlatildi.
Şuningdek, ÖFA futbol faoliyatini nazorat qiliş maxsus inspektsiyasi tomonidan mazkur holat böyiça tegişli maʼlumotlar, mazkur futbol uçraşuvi qaydnomasi va inspektor hisoboti, videomateriallarni örganib çiqiş işlari boşlangan. Noqonuniy holatlar aniqlangan taqdirda ÖFA Etika qömitasi tegişli tartibda körib çiqib, yakuniy qarorlarni qabul qiladi.









