Bugun, 24 avgust kuni Oliy Majlis Senatining qirq törtinçi yalpi majlisida Tanzila Norboyeva Namangan şahri aholisi uçun alohida perinatal markaz taşkil etiş masalasini kötardi.
Senat raisining maʼlum qilişiça, bugungi kunda aholisi soni 1 millionga yaqinlaşgan Namangan şahrida 4 ta tuğuruqxona faoliyat yuritmoqda. Viloyat perinatal markazi ham şu hisobda (250 örinli).
Şahar aholisi, jumladan, tuğiş yoşidagi ayollar soni esa muttasil ösib bormoqda (170 ming nafar). Ötgan yilda şaharda umumiy tuğuruqlar soni 20 mingdan ortiqni taşkil etgan bölsa, 2023 yilning 6 oyida salkam 12 mingtaga yetgan. Bular orasida erta tuğuruqlar ham bor (2022 yilda – 1 300 ta, 2023 yil 6 oyida – 539 ta).
Aynan erta tuğuruqlar sonining köpligi, qolaversa, şahar bolalar şifoxonasidagi neonotologiya (kam vaznli çaqaloqlarni parvariş qiliş) bölimi ortiqça yuklama bilan işlayotgani sababli şahar tuğuruq kompleksi negizida alohida perinatal markaz taşkil etiş taklifi bildirilgan.
“Fikrimizça, Soğliqni saqlaş vazirligi mazkur masalani atrofliça örganib, xulosa berişi zarur. Töğri, şahar hududida viloyat perinatal markazi ham joylaşgan. Lekin siğim jihatdan bugungi talabga javob beradimi, degan savol tuğiladi.
Yuqorida aytganimdek, ehtiyoj yildan yilga ösib bormoqda. Aniq, obʼektiv holatni töliq oçib beradigan xulosa kerak”, — dedi Senat raisi.
“Mana şunday perinatal markazlarini taşkil qiliş masalalarining ahamiyati asoratli tuğuruqlar va nogironlikning oldini olişda nihoyatda katta. Aynan mana şu masala davlatimizda katta ustuvor vazifa etib belgilangan. Şuning uçun perinatal markazlarini eʼtibordan çetda qoldiriş mumkin emas”, — deydi Tanzila Norboyeva.
Uning bildirişiça, uşbu obʼektni 2024 yildagi Özbekistonning ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturiga kiritiş masalasining Soğliqni saqlaş hamda Iqtisodiyot va moliya vazirliklari tomonidan ijobiy hal etilişi maqsadga muvofiq.









