Prezidentimiz sportçilarning har bir çiqişini kuzatib bordi — Tanzila Norboyeva

Prezidentimiz sportçilarning har bir çiqişini kuzatib bordi — Tanzila Norboyeva

Avval xabar berganimizdek, keça, 9 avgust kuni Tokio-2020 Olimpiadasida iştirok etgan Özbekiston Olimpiya delegatsiyasi Yaponiyadan Toşkentga qaytdi va ular Toşkent Xalqaro aeroportida tantanali ravişda kutib olindi.

Olimpiya delegatsiyasi Toşkent xalqaro aeroportida kutib olingaç, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva sovrindor olimpiyaçilarni Yaponiyadagi muvaffaqiyat bilan tabrikladi.

“Biz butun boşli musobaqani yurtimizga muxlislik qilib, delegatsiyamizning sovrinlar qölga kiritişiga umidvor bölib kuzatdik. Hozirgina aytib ötildi, bizning terma jamoamiz 200 dan ortiq davlat iştirok etgan Olimpiadada 32-örinni egallabdi. Osiyo davlatlari orasida esa bu körsatkiç beşinçi, markaziy Osiyo davlatlari hamda turkiyzabon mamlakatlar orasida esa birinçi örinni oldi. MDH hamda Islom davlatlari orasida köplab  rivojlangan mamlakatlarni ortda qoldirib, 2-örinni olişdi va bizni ğurur-iftixorga töldirişdi.

Aziz öğlonlarimiz, bizning barça sportçi qizlarimiz bugun mana özlarining tinimsiz mehnatlari hamda murabbiylarining mehnati tufayli ular yoruğ yuz bilan yurtimizga medallar olib qaytib kelişdi. Şuni taʼkidlab ötmoqçimanki, prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev sportçilarning har bir çiqişini siz qanday körgan bölsangiz, xuddi şu tarzda kuzatib bordilar. Ularning işonçini oqlaşgani ham katta bir yutuq”, deydi Norboyeva.

Eslatib ötamiz, Özbekiston delegatsiyasi Tokio Olimpiadasida umumiy 5 ta medal — 3 ta oltin va 2 ta bronza qölga kiritişgan.

×