4 dekabr kuni Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş Milliy komissiyasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Unda Komissiya aʼzolari, vazirlik va idoralar mutasaddilari, nodavlat notijorat taşkilotlari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdi.
Unda Senat raisi Tanzila Norboyeva maktablarga jinsiy tarbiya darsi kerakligi haqida aytgan avvalgi fikriga jamoatçilik tomonidan bölayotgan munosabatlar haqida ham töxtalib ötdi.
“Ajrimlarning 15 foizi bepuştlik oqibatida bölyapti. Nafaqat ayollarning balki erkaklarning ham bepuştligi ham mavjud. Şuning uçun jinsiy tarbiya haqida gapirganimda bloger va jurnalistlarimiz meni mutlaqo notöğri tuşunişdi.
Bu fikrni ilgari surganimning boisi, yoş qizlarni ginekolog tekşiruvidan, yigitlarni esa, urolog tekşiruvidan ötkaziş, ularda mavjud bölgan şamollaş alomatlarining oldini oliş mumkinligi tufayli edi.
Ajrim köpayişida Mahalla va oilani qöllab quvvatlaş vazirligi, baʼzi paytlarda Içki işlar vazirligi aybdor bölib qoladi. Lekin asosiy sabablarni bartaraf qiliş böyiça işlaş kerak”, deydi Senat Raisi.
Bundan avval Oliy Majlis Senati Raisining “maktab va boğçalarda jinsiy tarbiya haqidagi darslar örgatiladi” degan sözlari köpçilik tomonidan tanqidiy muhokama qilingan edi.









