Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron Frantsiya musulmonlar kengaşiga 15 kun içida maxsus Nizom işlab çiqişni taklif qildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Nizomga köra, diniy taʼlim davlat maktablaridan ajratilişi kerak.
Makron Frantsiyada Imomlar kengaşi taşkil etişni taklif qilgan. Imomlar davlat tomonidan maxsus akkreditatsiyadan ötkaziladi. Belgilangan talablar buzilsa, bu akkreditatsiya bekor qilinişi mumkin.
Yangi Nizomda islom siyosiy harakat emas, balki din ekanligi belgilangan. Şuningdek, Nizomga köra, musulmon jamoalari faoliyatiga heç qanday xorijiy aralaşuv bölmaydi.
Taʼkidlanişiça, Prezident Makron va Frantsiya Içki işlar vaziri Jerald Darmanen Yelisey saroyida musulmonlar kengaşining 8 nafar yetakçisi bilan uçraşgan. Ular bilan uçraşuv davomida Makron yangi Nizomda özi islom separatizmi deb ataydigan holatga qarşi kuraşda quyidagi takliflarni ilgari surgan:
• uyda öqitiladigan diniy taʼlimni çeklaş va faqat istisno tariqasida unga ruxsat beriş, şuningdek, boşqa diniy maktablar, yaʼni katolik maktablari faoliyati ham nazoratga oliş;
• davlat xizmatçilarini diniy qaraşlari bilan qörqitiş taqiqlanadi;
• har bir bolaga identifikatsiya raqami beriladi va şu orqali ularning maktabda qatnaşayotgani tekşiriladi;
• hozirda Frantsiya qonunçiligida taqiqlanmagan uyda diniy taʼlim beriş keyingi öquv yilidan çeklanadi, bu tartibni buzgan ota-onalar 7,5 ming yevrogaça jarima tölaydi yoki olti oygaça qamaladi;
• zöravonlikka sabab böluvçi şaxsiy maʼlumotlar tarqalişiga yöl qöyilmaydi.
Qayd etilişiça, uşbu qonun loyihasi joriy yilning 9 dekabr kuni Frantsiya Hukumat yiğilişida muhokama qilinadi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 16 oktyabr kuni Parij yaqinidagi Konflan-Sent-Onorin kommunasida tarix fani öqituvçisi öldirib ketildi. Öqituvçi darsda öquvçilarga buyuk payğambar Muhammad (s.a.v.)ning "Charlie Hebdo" jurnalida çop etilgan karikaturasini körsatgan. Çeçenistonda tuğilgan 18 yoşli Abdulak Anzorov esa öqituvçi Samyuel Patiga piçoq bilan hujum qilib, uni öldiradi. Oradan köp ötmay, politsiya qotilni otib taşlaydi. Uşbu voqea Makronning bayonotlar bilan çiqişi va mamlakatda söz erkinligini qöllab-quvvatlaşiga sabab böldi.









