Tanzila Norboyeva 29 yil davomida aytilmagan gaplar haqida...

Tanzila Norboyeva 29 yil davomida aytilmagan gaplar haqida...

Oliy Majlis Senati Kengaşining Sirdaryo viloyatida bölib ötayotgan majlisida Senat Raisi Tanzila Norboyeva xalqimiz katta yutuqlarga erişayotganini, lekin bular osonlikça bölayotgani yöqligini taʼkidladi. Bu haqda ÖzA yozmoqda.

– Siyosiy islohotlar ham mutlaqo yangi bosqiçga çiqdi. Iqtisodni erkinlaştiriş masalalari, ijtimoiy hayotdagi katta işlarimiz, xalqimiz farovonligini oşiriş borasida, ayniqsa, uzoq yillar, 29 yil davomida aytilmagan gap – mamlakatimizda kambağallik borligi va uni bartaraf qiliş böyiça juda katta harakat eʼlon qilindi. Bu masalalarni hal qilişda mablağimiz ham bor, saʼy-harakatlarimiz ham, kerakli tuzilmalar ham bor. Davlatimiz rahbarining yuksak siyosiy irodasi ham bor, – dedi T.Norboyeva. – Mana şunday çiroyli ketayotganmizda bu yil hammamiz uçun oğir, sinovli keldi. Butun dunyoda keçayotgan pandemiya mamlakatlarning iqtisodiga katta zarar keltirdi. Hali heç kim bundan keyingi jarayonlar qanday keçişini aytib bera olmaydi. Oxirgi asrlarda bunday inqiroz bölmagan va buning salbiy oqibatlarini hali sezamiz.

Taʼkidlaş joiz, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengaşining Sirdaryoda bölib ötayotgan sayyor majlisi viloyatda ilk bor amalga oşirilyapti. Uşbu tajribaning kelgusida keng qöllanilişi masalalarni joylardagi deputatlar, faollar bilan kengroq, mazmunliroq muhokama qiliş imkonini beradi. 

×