"Sky News: "Ğarbning qurol-yaroğ zaxiralari tugayapti, uruşni tugatiş haqida munozaralar bor"

"Sky News: "Ğarbning qurol-yaroğ zaxiralari tugayapti, uruşni tugatiş haqida munozaralar bor"

“NATO va Ğarb Ukrainani qöllab-quvvatlayotganiga qaramay, ular parda ortida mojaroga qanday barham beriş haqida öylaşmoqda. Ğarbda bu masala yuzasidan xavotirlar kuçaymoqda”

Bu haqda harbiy ekspert Şon Bell Britaniyaning “Sky News” naşrida çop etilgan maqolasida yozdi, deb yozadi Report.az.

“Prezident Vladimir Zelenskiyning sözlariga köra, qarşi hujum operatsiyalari faqat Ğarbning qurol-yaroğ taʼminotiga boğliq. Uning aytişiça, qurollar topşirilsa, qarşi hujum amaliyotlari davom etadi. Ukraina bahorgi hujumini iyun boşida boşlagan. Qançadan-qança şiddatli janglarga qaramay, Rossiya istehkomlari hali ham mustahkam. Biroq, prezident Zelenskiy uçun muvaffaqiyat körsatkiçi ozod qilingan yerlardir."

Maqolada taʼkidlanişiça, qarşi hujum operatsiyalari sekin davom etmoqda:

“Ukrainaning jangni davom ettiriş qarori tuşunarli - bu ularning uruşidir. Ammo Ğarb yetakçilari allaqaçon uruş istiqbollarini muhokama qilişni va bundan keyin nima bölişini öylaşni boşladilar. Ğarb Ukrainani qança vaqt kerak bölsa, qöllab-quvvatlaymiz, deydi. Ammo Ğarbning qurol zaxiralari ham kamayib bormoqda. Ğarbning Ukrainani qöllab-quvvatlaşda davom etişi uçun imkoniyatlari çeklangan. NATO vakili Stian Yenssen avvalroq Ukraina alyansga aʼzo böliş evaziga yerdan imtiyozlar berişi kerakligini aytgan edi. Ukraina prezidenti devonining maslahatçisi Mixaylo Podolyak va taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba bu taklifga keskin munosabat bildirişdi va uruş davom etişini aytişdi.


×