Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilib, jangçilarga Xarkov, Kiyev va Ukrainaning boşqa şaharlarini egallaşga “buyruq” berişni söradi.
“Jangçilarimizga Xarkov, Kiyev va boşqa barça şaharlarni tez, aniq, samarali egallaşga buyruq bering. Örtoq Prezident, örtoq Oliy qömondon, men sizning piyoda askaringizman, deb bir neça bor aytganman, men siz uçun hayotimni berişga tayyorman. Lekin men askarlarimiz, Mudofaa vazirliklari, Milliy gvardiya va boşqa tuzilmalar halok bölayotganiga qarab tura olmayman. Sizdan hamma narsaga köz yumişingizni va u yerda sodir bölayotgan voqealarni bir-ikki kunda yakunlaşga imkon berişingizni iltimos qilaman. Davlatimiz va xalqimizni faqat bu qutqaradi. Bu mening işonçli fikrim”, degan Qodirov Telegram’dagi kanalida.
Çeçeniston rahbari Ukrainadagi vaziyatni butun davlat uçun tahdid deb atagan.
“Muzokaralar yaxşi, demokratiya, söz erkinligi, inson hayoti yaxşi, lekin u yerda birodarlarimiz, yaqinlarimiz, döstlarimiz ölib ketmoqda. Jangçilarimizga öz imkoniyatlarini töliq körsatiş imkoniyatini berişingizni, ularga bir marta va butunlay tugatiş uçun barça mumkin bölgan va imkonsiz kuçlarini işga soliş imkoniyatini berişingizni sörayman”, deya qöşimça qilgan Qodirov.
Qodirov Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga ham murojaat qilgan.
“Prezident bilan boğlanib, u bilan muzokara olib borişga urinmang. Prezidentdan menga muzokaralar olib borişga körsatma berişini sörang. Bularning barçasini yarim soat içida hal qilamiz. Bu esa uruşning, şaytonlarning oxiri böladi”, degan u.









