Qirğiziston militsiyasi xodimlari katta miqdordagi qurol-yaroğ va öq-dorilar omborini foş qildi. Şuningdek, ular talonçilikda gumon qilingan sakkiz kişini – 5 nafar qirğizistonlik va 3 nafar özbekistonlik fuqaroni qölga oldi. Bu haqda Qirğiziston huquq-tartibot idoralari xodimlariga tayanib Kaktus.media naşri xabar berdi.
Manbaga köra, 12 may kuni Içki işlar xodimlari Qora-Suv tumanida valyuta ayirboşlaş şoxobçasining zirhli jip avtomobilini otib, talon-taroj qiliş va ön millionlab qirğiz somini ömarganlikda gumon qilingan uyuşgan jinoiy guruh aʼzolarini qölga olgan. Gumonlanuvçilarning uy-joylarini tintuv qiliş paytida esa juda katta qurol-yaroğ va öq-dorilar, jumladan, önlab avtomatlar, granatalar, töpponçalar, snayper miltiqlari va boşqa köplab qurol-yaroqlar topilgan.




Hibsga olinganlar orasida muqaddam sudlanganlar, şuningdek, xalqaro terrorçilik taşkilotining bir neça aʼzolari, jumladan, Suriyadagi jangovar harakatlarda qatnaşganlar va bir nafar ayol kişi ham bor.
M. B., 1997-yilda tuğilgan, Özbekiston fuqarosi;
E.J., 1986-yilda tuğilgan, Özbekiston fuqarosi;
1993-yilda tuğilgan A. T., Özbekiston fuqarosi, davlatlararo qidiruvga berilgan;
A.I., 1986-yilda tuğilgan, Qirğiziston fuqarosi;
M.N., 1971-yilda tuğilgan, Qirğiziston fuqarosi;
B. E., 1971-yilda tuğilgan, Qirğiziston fuqarosi;
A. Ş., 1976-yilda tuğilgan, Qirğiziston fuqarosi;
S. A., 2003-yilda tuğilgan, Qirğiziston fuqarosi.
Ularning barçasi hozirda tergov izolyatoriga joylaştirilgan.
Eslatib ötamiz, şu yilning 28 mart kuni ham Qirğiziston Davlat milliy xavfsizlik qömitasi Çegara xizmati Özbekiston va Qirğiziston çegarasida katta miqdordagi qurol-yaroğ va öq-dorilar omborini foş qilgan edi.
Manba: Qalampir.Uz









