Hindiston va Frantsiya Rossiya hamda Ukraina örtasidagi uruşni tugatiş böyiça avvalgilaridan farq qiladigan yangi reja ustida faol işlamoqda. Bu haqda Le Monde xabar berdi. Qayd etilişiça, yangi reja Xitoy va Afrika davlatlari ilgari surgan avvalgi tinçlik taşabbuslaridan sezilarli farqlarga ega. Hindiston boş vaziri Narendra Modi 13-14 iyul kunlari Parijga taşrifi çoğida öz hukumatiga Frantsiya vakillari bilan birgalikda yangi reja işlab çiqişni topşirgan.
14 iyul kuni Yelisey saroyida bölib ötgan matbuot anjumanida Modi muhim masalalarni, jumladan, Rossiya va Ukraina örtasidagi uruş oqibatlarini, şuningdek, koronavirus pandemiyasini hal qiliş uçun dunyo davlatlarini birlaştiriş zarurligini taʼkidlagan.
Frantsiya Hindistonni Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşni hal qiliş böyiça tinçlik taşabbuslarini izlaşda muhim hamkor deb biladi, deya qayd etadi Le Monde.
Narendra Modi va Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron örtasidagi uçraşuvning asosiy qismi Frantsiya bilan Osiyo va Afrika davlatlari örtasidagi munosabatlarga salbiy taʼsir körsatayotgan uşbu uruşni muhokama qilişga bağişlangan.









