Putin yadroviy qurol bilan Ukraina va Ğarbning “ovozini öçirmoqçi” – ISW

Putin yadroviy qurol bilan Ukraina va Ğarbning “ovozini öçirmoqçi” – ISW

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin yaqin oylarda Ukrainaning bosib olingan janubi (Xerson va Zaporoje viloyatlari) va şarqini (Donetsk va Lugansk viloyatlarini) töğridan-töğri Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qöşib olmoqçi. Bu haqda Amerika uruşni örganiş instituti ISW hisobotida aytiladi.

Institut taxminiça, keyin Putin Rossiya hududini himoya qiliş uçun yadro qurolidan foydalanişga ruxsat beruvçi rus doktrinasi uşbu yangi qöşilgan hududlar uçun ham töğridan-töğri yoki bilvosita taʼsir qilişini daʼvo qiladi. Bu iddao öz navbatida bosib olingan hududlarini ozod qiliş uçun qarşi hujumga ötadigan Ukraina va uning şeriklarini yadro quroli nişoniga aylantiradi.

Taʼkidlanişiça, Putinning anneksiya qiliş muddati Ukrainadagi rus armiyasining ahvolini qançalik yomonlaşganini tuşunişiga boğliq böladi.

Rossiya harbiylari hali Putinning butun Donetsk va Lugansk viloyatlarini nazoratga oliş böyiça eʼlon qilgan rejalarini amalga oşirgani yöq va buni amalga oşirişi dargumon bölib turibdi. Agar Putin özining harbiy jihatdan kuçsizligini anglab yetsa, u anneksiyaga şoşilişi va hozirda Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina hududining bir qismi ustidan nazoratni saqlab qoliş uçun tezda yadroviy kuçlarni işga solişi mumkin.

ISW agar Putin Rossiya qöşinlari qöşimça yutuqlarga qodir deb hisoblasa, u bilan köproq hududni egallab oliş umidida anneksiyani keçiktirişi mumkin, deb taxmin qilmoqda. Bunday holda, uning zaif rahbariyati va Ukrainaning qarşi hujumlari Rossiya armiyasining qulaşiga olib kelişi mumkin. Putin qöşimça kuçlarni safarbar qilgan holda Rossiya hujumlarini davom ettirişga harakat qilişi mumkin. Bunday holda, u anneksiya töğrisidagi eʼlonni keçiktirişi mumkin, şu bilan birga qöşib oliş uçun köproq hududga ega böliş maqsadida qöşimça kuçlar kelişini kutadi.

“Ukraina va uning ğarblik hamkorlari Kreml bu hududni qöşib olişidan oldin ehtimol Ukrainaning bosib olingan hududiga qarşi hujumini qöllab-quvvatlaş uçun tor imkoniyatlarga ega bölişi mumkin. Ukraina va Ğarb ham har qanday anneksiya va undan keyin yuzaga kelişi mumkin bölgan yadroviy hujum tahdidiga muvofiqlaştirilgan javob çoralarini işlab çiqişi kerak. Rossiyaning Ukraina janubi-şarqining yillar davomida bosqin ostida qolişining siyosiy va axloqiy oqibatlari Ukraina davlatining uzoq muddatli yaşovçanligi uçun halokatli böladi. Ukraina va Ğarbning hayotiy milliy manfaatlari Ukrainaning zudlik bilan qarşi hujumi uçun Ğarbning zudlik bilan yordamini talab qiladi”, deya taʼkidlagan amerikalik tahlilçilar.

Hisobotda qayd etilişiça, Moskva, şuningdek, Kremlning boşqa proksi-davlatlari, masalan, Janubiy Osetiya (Gruziya) va Dnestryani (Moldova) kabi davlatlarni anneksiya qilişi mumkin.

Rossiya-Ukraina uruşi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina şarqidagi özini mustaqil deb eʼlon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan oliş töğrisidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni şu nomdagi viloyatlar çegarasida tan olganini taʼkidlab, Ukrainaga qarşi uruş xavfini oşirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQŞ, YEI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarşi sanktsiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina şarqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boşlaganini eʼlon qildi va rus qöşinlari Ukrainaga hujum boşladi. Putin bu harakatini Ukraina şarqidagi rossiyaparast separatist kuçlar rahbarlari şunday sörov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid uruş kerak emas”ligini, ukrainlar hujumçilarni kutib olişga tayyorligini bildirgandi. Köp ötmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat eʼlon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik eʼlon qildi. Armiyaga çaqiruv mamlakatning qator viloyat va şaharlarida amalga oşirilişi belgilandi.

Rus qöşinlari hozirgaça Ukrainaga şimol, şarq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallaşga erişdi. Ammo bu uruş Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolişiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boşlanişi Rossiya iqtisodiga oğir zarba berdi. Rus kompaniyalari aktsiyalari keskin arzonlaşdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayiş bilan ötdi. Gazprom, LUKOYL va boşqa yirik kompaniyalar yöqotişlarga uçradi.

Hujum boşlangaç, Yevropa davlatlari va AQŞ Rossiyaga qarşi bir neça bosqiçli sanktsiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQŞ va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQŞ, Kanada Rossiya uçun öz havo hududini yopdi. Bu sanktsiyalarga neytral davlat hisoblangan Şveytsariya ham qöşildi. Uruş fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi aʼzoligiga qabul qiliş jarayoni tezlaşdi.

Manba: Qalampir.uz

×