Içki işlar vazirining buyruğiga köra, 2023 yil 1 noyabrdan eʼtiboran bir qator tölovlar oşirilmoqda.
Unga köra quyidagi yangi tölov miqdorlari belgilangan:
Avtotransport vositalariga röyxatdan ötkaziş davlat raqami belgilari(RÖDRB) uçun BHMning 3,5 baravari miqdorida (amalda BHMning 1,5 miqdori);
Mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalarga (yarim tirkamalar) RÖDRB uçun BHMning 1,75 baravari miqdorida (amalda BHMning 75 foizi);
Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki şikastlangan bir juft RÖDRB örniga yangi RÖDRB beriş uçun BHMning 3,5 baravari miqdorida (amalda BHMning 1 baravari);
Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki şikastlangan bir dona RÖDRB örniga yangi RÖDRB beriş uçun BHMning 1,75 baravari miqdorida (amalda BHMning 50 foizi miqdorida).
Şuningdek:
yöqotilgan bir dona yoki bir juft RÖDRB örniga yangi bir juft RÖDRB beriş uçun BHMning 3,5 baravari miqdorida undiriladi;
yöqotilgan bir dona RÖDRB (mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalar (yarim tirkamalar) uçun) örniga yangi bir dona RÖDRB beriş uçun BHMning 1,75 baravari miqdorida undiriladi;
RÖDRBni ön ikki oy muddatdan söng yana bir yil muddatga saqlaganlik uçun BHMning 1 baravari miqdorida undiriladi.
Xullas 1 noyabrgaça vaqt bor: ulugurganlar ulgurib qolsin!
@r_kusherbayev









