Özbekistondagi kiberjinoyatlarning 90 foizi xorijdan amalga oşirilmoqda

Özbekistondagi kiberjinoyatlarning 90 foizi xorijdan amalga oşirilmoqda

Özbekistonda sodir etilayotgan kiberjinoyatlarning 90 foizi çet davlatlardan turib amalga oşirilmoqda. Bu haqda Içki işlar vaziri örinbosari polkovnik Ramazon Aşropov Özbekiston aholisiga qilgan murojaatida söz oçdi.

Uning bildirişiça, bugungi kunda sodir etilayotgan deyarli har ikkita jinoyatning bittasi axborot texnologiyalari orqali amalga oşirilmoqda. Xususan, Özbekistondagi kiberjinoyatlarning 90 foizi aynan çet davlatlardan turib, transçegaraviy xususiyatda amalga oşirilmoqda.

“Oçiq aytiş lozim: bu turdagi jinoyatlarga qarşi kuraşiş faqatgina huquqni muhofaza qiluvçi organlari tomonidan olib borilsa, kutilgan natijaga erişib bölmaydi. Çunki firibgarlar asosan odamlarning soddaligi, beparvoligi va raqamli savodxonligi yetarli emasligidan foydalanmoqda. Bugun butun jamiyatning, jamoatçilikning kuçi, siz-u bizning hamkorligimiz kerak. Har bir fuqaro, har bir ota-ona, muallim, mahalla faoli, ziyoli öz atrofdagilarga, farzandlariga, şuningdek, keksalarga kiberxavfsizlik qoidalarini tuşuntirişi, şuningdek, oddiy qilib aytganda, tarğibotçiga aylanişi zarur”, deydi Ramazon Aşropov öz murojaatida.

U hammadan kundalik hayotda quyidagi qoidalarga amal qilişni va ularni yaqinlarga yetkazişni sörgan:

  • Birinçidan, ijtimoiy tarmoqlarda kelgan şubhali va nomaʼlum fayllarni, ayniqsa APK formatidagi fayllarni oçmaslik va yuklab olmaslik. Hatto u yaqin insondan kelgan bölsa ham;
  • Ikkinçidan, notaniş raqamlardan kelgan va özini turli idora xodimi deb taniştirgan şaxslarning gapiga soddalik bilan işonmaslik. Heç qaçon telefon orqali kod yoki parol söralmaydi;
  • Uçinçidan, pulni qisqa vaqt içida bir neça barobar köpaytirib beraman degan turli onlayn va soxta platformalar tuzoğiga tuşib qolmaslik;
  • Törtinçidan, onlayn savdolarda sotuvçining işonçliligini bilmasdan turib, oldindan tölovni amalga oşirmaslik;
  • Beşinçidan va eng muhimi: bank kartasining pin-kodini hamda telefonga kelgan SMS-kodni heç qaçon va heç kimga aytmaslik.


Teglar:
×