Özbekistonda quroldan foydalaniş yoşi oşirilmoqda

Özbekistonda quroldan foydalaniş yoşi oşirilmoqda

Özbekistonda ov qurolini oliş uçun minimal yoşni 25 yoş qilib belgilaş rejalaştirilyapti. Bu haqda bugun, 9 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasida muhokama qilingan “Qurol töğrisidagi qonunçilik takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun loyihasida belgilanmoqda.

Qayd etilişiça, qurol va uning öq-dorilari muomalasi sohasida davlat tomonidan tartibga soliş va nazoratni amalga oşiriş vazifalari Milliy gvardiyadan içki işlar organlariga huquqiy jihatdan ötkazilmoqda.

Şuningdek, qurol muomalasi bilan qonunga xilof ravişda muomalada böliş yoki qurol muomalasi qoidalarini buziş uçun jinoiy va maʼmuriy javobgarlik çoralari körilişi belgilangan.

Loyiha bilan 6 ta qonundagi qurol muomalasiga oid işlatilayotgan tuşunçalar va faoliyati qurol bilan boğliq mansabdor şaxslarning huquqiy mavqei töğrisidagi normalarga tegişli özgartirişlar kiritiş orqali “Qurol töğrisida”gi qonun va qurol muomalasi sohasidagi tegişli qonunçilik hujjatlariga muvofiqlaştiriş nazarda tutilgan.

Prokuratura vakillarining qayd etişiça, Özbekistonda 18 yoşdan 21 yoşgaça bölgan fuqarolar 49 ta ov qurollariga ega, 25 yoşgaça bölganlar örtasida esa 500 nafar fuqaroda ovçilik qurollari bor. Aksariyat hollarda “menda qurol bor” degan özini körsatiş maqsadida sotib olingan hollar ham bor.

Maʼlumot uçun, amaldagi “Qurol töğrisida”gi qonunga köra, 18 yoşga tölgan fuqarolar fuqaroviy sport qurolini va özini özi himoya qiliş qurolini, 21 yoşga tölgan fuqarolar fuqaroviy ov qurolini oliş huquqiga ega.

Qonun loyihasi kontseptsiyasi qizğin muhokama qilinib, birinçi öqişda qabul qilindi.

×