Karantin! 15 maydan yana nimalarga ruxsat berilmoqda?

Respublika maxsus komissiyasi axborotiga köra 2020 yil 15 maydan boşlab quyidagi faoliyat turlariga ham ruxsat berilmoqda: 

〰️〰️〰️〰️

? “qizil” toifadagi hududlarda:

➖ yakka tartibdagi hunarmandçilik;

➖ avtomobillarga va qişloq xöjalik maşinalariga texnik xizmat körsatiş; 

➖ elektron qurilmalarni (kompyuter va maişiy texnika vositalari) va aloqa vositalarini taʼmirlaş; 

➖ ijara va lizing xizmatlari; 

➖ buxgalteriya sohasiga oid xizmatlar (auditorlik, soliq maslahati va boşqalar) körsatiş;

〰️〰️〰️〰️

? “sariq” toifadagi hududlarda “qizil” toifadagi hududlarga qöşimça ravişda:

➖ rieltorlik faoliyati;

➖ reklama va marketing faoliyati;

➖ xususiy bandlik agentliklari faoliyati;

➖ mehmonxonalarga öz oşxonalarida ovqat pişiriş hamda xonalarga yetkazib beriş;

➖ park va istirohat boğlari (attraktsionalar, köngiloçar obʼektlar hamda tezkor ovqat tayyorlaş nuqtalari faoliyati bundan mustasno) faoliyati.

☝️ Bunda park va istirohat boğlariga kiriş karantin talablariga qatʼiy rioya qilgan holda soat 09-00 dan 20-00 ga qadar 2 nafar şaxsdan köp bölmagan guruhlarda (oilaviy guruhlar bundan mustasno) amalga oşiriladi;

〰️〰️〰️〰️

? “yaşil” toifadagi hududlarda “sariq” va “qizil” toifadagi hududlarga qöşimça ravişda:

➖ oçiq sunʼiy qoplamali sport öyingoxlari (taşrif buyuruvçilar sonini çeklaş şarti bilan, yeçiniş va yuviniş xonalaridan foydalanmagan hamda oraliq masofani saqlagan holda);

➖ kompyuter (skaner, nusxa köçiriş, matn teriş, çop etiş) 
va poligrafiya xizmatlari;

➖ muzeylar faoliyati (taşrif buyuruvçilar sonini çeklagan hamda oraliq masofani saqlagan holda);

➖ veterinariya xizmatlari;

➖ binolarga xizmat körsatiş va landşaftni obodonlaştiriş faoliyati.

×