Özbekistonda bukmekerlik faoliyatiga ruxsat berilmoqda

Özbekistonda bukmekerlik faoliyatiga ruxsat berilmoqda

6 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotereyalar va tavakkalçilikka asoslangan öyinlarni taşkil etiş va ötkazişni tartibga solişni takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident farmoni ijrosini taʼminlaş çora-tadbirlari töğrisida” qarori qabul qilindi.

Joriy yilning 19 aprel kuni qabul qilingan Prezident farmoniga muvofiq, stavkalar va öyinlarning yagona davlat registri yuritiladi. Unda öyinçilar, çeklovlar, şuningdek, öyinlarda sarflaş mumkin bölgan mablağlar böyiça limitlar hamda moliyaviy tranzaktsiyalar yuritiladi.

Litsenziya talablariga köra, bukmekerlik faoliyati taşkilotçisi ustav kapitali kamida BHMning 150 ming baravari miqdorida (56 mlrd 250 mln söm), lotereya taşkilotçisining ustav kapitali esa 55 ming baravar (20 mlrd 625 mln söm) miqdorida bölişi lozim.

Bukmekerlik faoliyatini amalga oşirişga litsenziya uçun ariza berilganda BHMning 500 baravari (187,5 mln söm) miqdori yiğim olinadi. Litsenziya özgartirilganda, litsenziya uçun tölovning 50 foiz miqdorida tölov qilinadi. Şuningdek lotoreya taşkilotçisi öyin hajmining 0,1 foiz miqdorida mablağni litsenziyalovçi taşkilot hisobiga ötkazib turadi.

Uşbu qoidalar “Litsenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari töğrisida”gi qonunga bukmekerlik faoliyatini litsenziyalaşga oid tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritilgandan söng kuçga kiradi.


Teglar:
×