Özbekistonliklarga birjada kriptovalyuta sotib olişga ruxsat berildi. Şartlar qanday?

Özbekistonliklarga birjada kriptovalyuta sotib olişga ruxsat berildi. Şartlar qanday?

Loyiha boşqaruvi milliy agentligi Özbekiston rezidentlariga kriptovalyuta sotib oliş va sotişga ruxsat berdi. Bu haqda agentlik direktorining “Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalaş tartibi töğrisidagi nizomning 1a-ilovasiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi buyruğida belgilangan.

Hujjat bilan birinçi marta 2019 yil 21 yanvarda qabul qilingan kriptobirjalarni litsenziyalaş tartibi töğrisidagi nizomga özgartirişlar kiritildi.

Endilikda Özbekiston Respublikasining rezidentlari kripto-birjalarda kripto-aktivlar va tokenlar bilan kripto-birja savdolarining barça turlarini milliy Valyutada amalga oşirişi mumkin.

Biroq Özbekiston Respublikasining norezidentlari bilan faqatgina kripto-aktivlar va tokenlarni sotişga doir operatsiyalarni xorijiy valyutada amalga oşiriş huquqiga ega.

Şuningdek, yuridik şaxslarning rahbarlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda ularning vakillari kripto-birjada tokenlarni çiqariş va joylaştirişga qaratilgan faoliyatni amalga oşiradigan şaxslar toifasiga kiriş yoki kirmasligini tekşirişi mumkin.

Özbekiston kripto-birjalarida sotiladigan barça tokenlar mulkiy taʼminotga ega bölişi kerak. Mulkiy taʼminotga ega bölmagan tokenlarni çiqariş va joylaştiriş taqiqlanadi.

Kriptobirjalar özlarining tokenlarini joylaştirgan taşkilotlarni va ularning mulkiy xavfsizligi bor-yöqligini tekşirişlari şart. Şuningdek, jalb qilinişi rejalaştirilgan summaning kamida 10 foizi kriptobirjasining maxsus hisob raqamiga kiritilişi kerak.

Çiqarilgan tokenlarning nomlanişi yoki ramzlarida “davlat”, “davlat tomonidan taʼminlangan”, “davlat tomonidan qöllab-quvvatlangan”, “Özbekiston”, “özbek”, “milliy”, “söm (UZS)” hamda Özbekiston Respublikasi şaharlarining nomlarini töliq yoki qisqartirilgan şaklda, şuningdek ularning birliklaridan foydalangan holda, istalgan tilda va har qanday şaklda işlatişni taqiqlandi.

×