Respublika hududida koronavirus infektsiyasi tarqalişiga qarşi kuraşiş, sanoat, infratuzilma, transport va logistika subʼektlarining barqaror faoliyat yuritişini taʼminlaş maqsadida Inqirozga qarşi kuraşiş respublika komissiyasining qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan epidemiya şaroitida iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror işlaşini taʼminlaş, aholi örtasida işsizlik oşib ketişining oldini oliş hamda byudjet tuşumlarini taʼminlaş uçun iqtisodiyotning qator yönalişlari faoliyatiga ruxsat berilmoqda.
- Xususan, quriliş materiallari bozorlari, şu jumladan, quriliş materiallarining çakana va ulgurji savdosi faoliyati bilan şuğullanuvçi xöjalik yurituvçi subʼektlarga (maydoni 500 kv.m dan kam bölmagan);
- yirik işlab çiqaruvçi subʼektlarning öz mahsulotlarini sotişga möljallangan hududlardagi tarmoq dökon (magazin)lariga (sanitar normasi 10 kv.m ga 1 nafar xaridor tartibi asosida);
- hunarmand va ustalarga – ular tomonidan yasalgan buyumlarni bozor rastalaridan taşqari alohida joylaşgan joyda (dökon) sotiş faoliyatiga;
- uruğ va köçat yetiştiriş hamda ularni sotiş faoliyati bilan şuğullanadigan tadbirkorlik subʼektlariga (mulkçilik şaklidan qatʼiy nazar);
- tijorat banklarining obʼektlardagi şoxobçalariga (kassalari);
- avtomobillarga ehtiyot qismlar sotiş faoliyati bilan şuğullanadigan tadbirkorlik subʼektlariga (mulkçilik şaklidan qatʼiy nazar);
- avtomobillar, qişloq xöjaligi va quriliş texnikalariga servis xizmat körsatuvçi taşkilotlarga – 1000 kv.m dan kam bölmagan maydonga ega subʼektlar, şuningdek, vulkanizatsiya xizmatlari körsatuvçi subʼektlarga;
- kimyoviy tozalaş bilan şuğullanuvçi tadbirkorlik subʼektlariga;
- notarial idoralar va suğurta kompaniyalarini faoliyat yuritişiga;
- töxtab qolgan investitsiya loyihalari va ijtimoiy soha obʼektlarini quriş işlarini davom ettirişiga ijozat berilgani şular jumlasidan.
Qayd etiş lozimki, Koronavirus epidemiyasi şaroitida uşbu korxona va taşkilotlarni, savdo va xizmat körsatuvçi xöjalik yurituvçi subʼektlarni faoliyat yuritişi hamda qator obʼektlarda quriliş işlarini davom ettiriş sanitariya-epidemologiya talablari asosida belgilangan.









