Mandat.uzbmb.uz saytidagi oçiq maʼlumotlarga köra, joriy yilda jami abituriyentlarning salkam yarmi (49,4%) ötiş balining eng quyi çegarasi bölgan 56,7 balni ham töplay olmagan.
Xuşnudbek Xudoyberdiyevning maʼlum qilişiça, 56,7 balldan kam töplagan abituriyentlarning 70,5 foizi avvalgi yillarda öqişni tugatganlar, 29,5 foizi joriy yilgi bitiruvçilar bölgan.
Joriy yilda maktablarni tugatgan 359 ming 790 nafar yoşlar testga kirgan. Şularning 36 foizi (129 ming 609) 56,7 balldan kam töplaşgan.

2023 yilda eng yomon körsatkiç, Andijon viloyatida (41,9%), eng yaxşi körsatkiç esa Buxoro viloyatida (27,1%) qayd etilgan (jadvalga qarang).
Yaʼni Buxoroda joriy yili maktabni tugatgan öquvçilarning 72,9 foizi 56,7 balldan köproq natija körsatgan.
Özi umuman joriy yilgi maktab bitiruvçilarining örtaça bali 76,1 balni taşkil qilmoqda.
Uşbu natijalar hududlar kesimida taʼlim sifati qayerda yaxşiligini ham körsatadi, deb yozadi bloger.









