COVID-19 böyiça noxuş xabarlar: 300 ga yaqin bemor aniqlandi, bir kişi vafot etdi

Özbekistonda koronavirus böyiça yana antirekordlar qayd etilmoqda: kasallanganlar 86 ming nafardan oşdi, kunlik körsatkiç 300 nafarga yaqinlaşdi, ularning 200 nafardan oşiği Toşkent şahridan, bir kişi vafot etdi. Bu haqda Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 15 aprel holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 292 kişiga ortib, 86 022 nafarni taşkil etmoqda.

Yangi kasallaniş holatlarining:

  • 2 nafari Andijon viloyatida;
  • 7 nafari Buxoro viloyatida;
  • 2 nafari Jizzax viloyatida;
  • 2 nafari Qaşqadaryo viloyatida;
  • 3 nafari Namangan viloyatida;
  • 21 nafari Samarqand viloyatida;
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 5 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 2 nafari Farğona viloyatida;
  • 2 nafari Xorazm viloyatida;
  • 37 nafari Toşkent viloyatida;
  • 206 nafari Toşkent şahrida koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Keça kun davomida:

  • Qoraqalpoğiston Respublikasida 4 nafari;
  • Buxoro viloyatida 10 nafar;
  • Namangan viloyatida 3 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 4 nafar;
  • Toşkent viloyatida 23 nafar;
  • Toşkent şahrida 143 nafar bemor tuzalib, kasallikdan soğayganlar jami 83 649 (+187) nafarga yetdi va soğayiş körsatkiçi 97 foizni taşkil qilmoqda.

Şuningdek, 1 nafar koronavirusga çalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 635 nafarni taşkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1738 nafar bemor davolanmoqda.

×