Buxoro neftni qayta işlaş zavodida «Buxoro NQIZning eng yaxşi ratsionalizatori» körik-tanlovi eʼlon qilingan edi.
Uşbu tanlovni taşkil etişdan maqsad innovatsion, ratsionalizatorlik va ixtiroçilik ğoyalari, işlab çiqariş jarayonlarini mexanizatsiyalaştiriş va avtomatlaştiriş, yangi mahsulot çiqariş, mahsulot sifatini oşiriş, yoqilği va yoqilği tejaşga qaratilgan dolzarb vazifalarni hal etişda ijodiy salohiyat va resurslardan samarali foydalanişdan iborat. Bundan taşqari zavoddagi energiya resurslari, xom-aşyo, materiallar, mehnatni muhofaza qiliş holati va boşqa yönalişlari böyiça loyihalarni faollaştiriş ham közlangan.
Tanlovda iştirok etiş uçun 2020 yilning 1 dekabridan 2021 yilning 1 dekabrigaça 22 ta ratsionalizatorlik taklifi kelib tuşdi. Tanlov natijalari sarhisobi ratsionalizatorlar tomonidan ğoyalar taqdimoti şaklida namoyiş etiş va muloqot tarzida muhokama qiliş formatida ötkazildi.

Taqdim etilgan takliflarda zavod faoliyatining turli yönalişlari – jarayonlarni mexanizatsiyalaştiriş va avtomatlaştiriş, ikkilamçi resurslardan foydalaniş, yoqilği-energetika resurslarini tejaş, çiqindilarni qayta işlaş, xavfsizlik va atrof-muhit muhofazasini takomillaştiriş, energiya samaradorligini oşiriş va energiya xavfsizligini taʼminlaş, muqobil energiya manbalaridan foydalaniş, yangi turdagi mahsulotlarni işlab çiqariş va sifatini oşiriş, jarayonlarni raqamlaştiriş mavzulari qamrab olingan.
Hakamlar hayʼatining yakuniy xulosalariga köra, K.R. Safarovning «21–Ye-20 issiqlik almaşiniş qurilmasi liniyasida filtr örnatiş» taklifi birinçi örinni qölga kiritdi. Ikkinçi öringa B.A. Xaydarovning «Oqava suvlarni tozalaş jarayonida qöllaniladigan alyuminiy sulfatni foydalanilgan adsorbentni qayta işlaş yöli bilan oliş» va «Suyuq uglevodorodlar oliş maqsadida neft şlamini piroliz yöli bilan qayta işlaş» taklifi munosib körildi. A.Ş. Saidov özining «Vodorod liniyasida yangi issiqlik almaştirgiçni örnatiş» taklifi bilan uçinçi örin ğolibi böldi.

B.Bahronov hamda X.Baqoyev «Buxoro NQIZning eng yaxşi yoş ratsionalizatori» nominatsiyasi böyiça ğalabaga erişdilar. Ğoliblar moddiy rağbatlantirildi.
Maʼlumot uçun: Taʼkidlaş joizki, zavod işçi-xodimlari örtasida ijodiy salohiyatni oşiriş böyiça tanlovlar ötkaziş allaqaçon yaxşi anʼanaga aylangan. 2019 yilda «Eng yaxşi innovatsion ğoya», 2020 yilda «5 ta eng yaxşi innovatsion va investitsion ğoya» tanlovlari ötkazilgan edi. Bunday tanlovlar xodimlarning yangi ğoyalar yaratiş va ularni hayotga tadbiq etiş iştiyoqini oşiradi.









