Koronavirus böyiça avgust oyidagi eng yaxşi natija qayd etildi

2021 yil 29 avgust holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 155639 (+795) nafarni taşkil etmoqda. Bu avgust oyidagi eng past körsatkiçdir. 

Yangi kasallaniş holatlarining:
86 nafari Qoraqalpoğiston Respublikasida,
30 nafari Andijon viloyatida,
16 nafari Buxoro viloyatida,
21 nafari Jizzax viloyatida,
20 nafari Qaşqadaryo viloyatida,
14 nafari Navoiy viloyatida,
23 nafari Namangan viloyatida,
68 nafari Samarqand viloyatida,
25 nafari Sirdaryo viloyatida,
28 nafari Surxondaryo viloyatida,
85 nafari Farğona viloyatida,
33 nafari Xorazm viloyatida,
115 nafari Toşkent viloyatida,
231 nafari Toşkent şahrida koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Şuningdek, 5 nafar koronavirusga çalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1075 nafarni taşkil qildi.

29 avgust kuni 303 nafar kişida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 23464 nafarga yetdi. Keça ularning 291 nafari soğayib, umumiy soğayganlar soni 15988 nafarni taşkil qilmoqda.

Şuningdek, 2 nafar bemor vafot etib, şu kungaça pnevmoniyadan vafot etganlar soni 168 nafarga yetdi.

×