Oliy Majlis Senatining ön yettinçi yalpi majlisida Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisining davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning kesilişiga doir masala yuzasidan axboroti eşitildi.
Unda moratoriy davrida 5 mingdan ortiq jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan 166 ming tup atrofida qimmatbaho navli davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesişga ruxsat sörab qilgan murojaatlar rad etilib, daraxtlarning barçasi saqlab qolingani aytildi.
Biroq daraxtlarning noqonuniy kesilişi bilan boğliq tizimli muammolar saqlanib qolgan.
Qayd etilişiça, hukumatning 2018 yil 31 martdagi 255-sonli qarori bilan hududiy ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş organlari davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesişga oid öz xulosalarini tumanlar (şaharlar) hokimliklariga yuborişi va öz navbatida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ruxsatnoma beriş amaliyoti joriy etilgan.
Aynan uşbu amaliyot örmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning noqonuniy kesilişiga ruxsat berişga şart-şaroit yaratib bermoqda.
2021 yilning 6 oyi davomida respublikada daraxt va butalarning noqonuniy kesilişi bilan boğliq 2 597 ta huquqbuzarlik sodir etilgan va ösimlik dunyosiga 6,7 mlrd söm zarar yetkazilgan. Açinarlisi, aniqlangan huquqbuzarliklar natijasida 2 407 ta qimmatbaho navli daraxt, 2 109 ta kam qimmatli daraxt, 1744 m3 butalar noqonuniy kesilgan.
Misol uçun 2021 yilning boşidan daraxt va butalarning noqonuniy kesilişi va şikastlantirilişi bilan boğliq holatlar hududlar kesimida tahlil etilganda eng köp Qoraqalpoğiston Respublikasi 1 065 ta, Samarqand 609 ta, Qaşqadaryo 534 ta, Navoiy 349 ta, Toşkent 344ta viloyatlari hissasiga töğri kelgan.









