«Dok-1 Maks» işi: Hindistonlik tadbirkor yaroqsiz doriga ruxsat oliş uçun Özbekistonlik mansabdorga 33 ming dollar bergan

«Dok-1 Maks» işi: Hindistonlik tadbirkor yaroqsiz doriga ruxsat oliş uçun Özbekistonlik mansabdorga 33 ming dollar bergan

16 avgust kuni JIB Toşkent şahar sudida 65 nafar bolaning ölimiga sabab bölgan «Dok-1 Maks» siropi va boşqa dorilar yuzasidan jinoyat işini davom etgani haqida yozgandik. «Gazeta.uz»ning xabar berişiça, «Quramax Medical» MÇJ direktori R.S.P. (Hindiston fuqarosi) yana bir dorini Özbekistonda röyxatdan ötkazişga harakat qilgan.

Prokuror sudlanuvçidan mazkur masala yuzasidan 33 ming AQŞ dollarini kimga va nima uçun berganini söradi. Hindistonlik sudlanuvçi pullar quriliş işlari hamda minnatdorçilik maqsadida J.E.ga berilgandi, deya javob berdi. Pullar J. orqali kimga va nima uçun yetib borişi kerakligini esa bilmaganini qayd etdi.

Sudlanuvçi advokatlarning savoliga javob berişi davomida mazkur summa avvaliga 45 ming dollar bölgani, keyinçalik 33 ming dollargaça tuşganini oçiqladi. Pulni esa Farmatsevtika agentligining Dori vositalari tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlaştiriş davlat markazida işlovçi J.E. söraganini qayd etdi.

Savol-javoblar davomida, hindistonlik fuqaro «Marion Biotech» PVT. Ltd korxonasida inspektsion tekşiruv ötkazilişini töxtatiş uçun J.E.ga 33 ming dollar berganini tan oldi.

Ayblov xulosasiga muvofiq, «Marion Biotech» PVT. Ltd. korxonasi «Kuraraks 200», «Kuraraks 400» dori vositasini ham Özbekistonda sotişni rejalaştirgan. Şundan söng davlat markaziga röyxatdan ötkaziş uçun ariza taqdim etilgan. Lekin dorini röyxatdan ötkaziş uçun zarur bölgan hujjatlar «Dok-1 Maks» hujjatlari singari işonçsiz, notöliq va notarial tasdiqlanmagan bölgan.

«2022 yil 25 may kuni Soğliqni saqlaş vazirligining Ekspertlar kengaşigda „Kuraraks 200“, „Kuraraks 400“ dori vositasi muhokama qilinib, ularni işlab çiqariş şaroitlari şubha ostiga olingan va kengaş aʼzolari tomonidan Marion Biotech Pvt. Ltd. korxonasida inspektsion tekşiruv ötkazilişi belgilangan. Dori vositasini röyxatdan ötkaziş masalasi esa tekşiruv natijasiga köra hal qilinişi haqida qaror qabul qilingan», — deyiladi tergov hujjatlarida.

Bu haqda kengaş bayonnomasiga tegişli qaydlar kiritilib, keyinçalik majlisda iştirok etmagan S.Q. tomonidan tasdiqlab berilgan. Şundan söng davlat markazi tomonidan 2022 yil 26 may kuni «Zarur amaliyotlar markazi» DUKka Marion Biotech Pvt. Ltd. korxonasida inspektsion tekşiruv ötkaziş haqida yozma topşiriq, korxonaning öziga esa bu haqda yozma xabarnoma yuborilgan.

Hujjatlarga köra, iyul oyi boşlarida «Marion Biotech» Pvt. Ltd. korxonasida inspektsion tekşiruv ötkaziş belgilanganidan xabar topgan korxonaning norasmiy rahbari J.S. boşqa bir hindistonlik J.S. «Quramax Medical» MÇJ direktori R.S.P. va jamiyatning savdo direktori B.Q.lar bilan til biriktirib, korxonaning işlab çiqariş şaroitlari belgilangan talablarga javob bermasligi, tekşiruv ötkazilgan taqdirda mazkur kamçiliklar yuzaga çiqib, korxonaning boşqa dori vositalarining ham Özbekistonda röyxatdan ötkazilişi taqiqlanib, ularning importi töxtatilişi mumkinligini anglagan. Buning oldini oliş maqsadida davlat markazi masʼullari orasidan inspektsion tekşiruvni bekor qiliş imkoni bölgan xodimni topiş böyiça R.S.P. «Quramax Medical»ning röyxatga oliş böyiça menejeri N.M.dan yordam söragan. Şunda xodimi unga Davlat markazi röyxatdan ötkaziş bölimida boş mutaxassis lavozimida işlovçi kursdoşi J.E.ning telefon raqamini bergan.

«Hindistonlik fuqaro jinoiy şeriklari J.S. va B.Q.lar bilan tuzilgan jinoiy rejasini amalga oşiriş maqsadida J.E. bilan avvaliga telefon orqali boğlanib, keyinroq u bilan JIB Mirobod tuman sudi yaqinida joylaşgan „B&B“ kafesida körişgan. Suhbat davomida R.S.P. korxonaga tayinlangan inspektsion tekşiruvni bekor qilişda amaliy yordam sörab, buning uçun moddiy manfaat vaʼda qilgan. Şunda J.E. uning taklifini rahbarlariga yetkazib, tez kunlarda ularning javobini maʼlum qilişini bildirgan. Şundan söng, J.E. taklifni Davlat markazi röyxatdan ötkaziş bölimi boşliği Ş. Ş.ga yetkazgan. U esa uşbu xizmati 45 ming dollar bölişini maʼlum qilgan. Hindistonlik tadbirkor 45 ming köpligi, ularga faqat 33 ming dollar bera olişini bildirgan. J.E. öz navbatida Ş. Ş.dan ruxsat olib, pullarni qölga kiritgan», — deyiladi tergov hujjatlarida.

«Quramax Medical» MÇJ direktori R.S.P. advokatlarning savoliga javob berar ekan, pullarni Oybek metrosi yaqinida masʼul şaxs J.E.ga berganini maʼlum qildi.

Advokat: Pulni bergandaningizdan keyin kutilgan natijaga erişdingizmi?
Sudlanuvçi: Ha, J.E. avgust oyida inspektsiya tekşiruvga kelmaydi deb, aytdi.

Sud 18 avgust, juma kuniga qadar tanaffus eʼlon qildi

Teglar:
×