Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrining Yakkasaroy tumanidagi korxona rahbari işxonada xodimlari va mijozlarga namoz öqiş uçun şaroit yaratib bergani sabab 21 mln söm miqdorida jarimaga tortilgani haqida xabarlar tarqaldi.
«Milliy tiklaniş» partiyasi rahbari Alişer Qodirov sudya MJTKning 201-moddasi ikkinçi qismini notöğri qöllaganini, namoz öqiş «diniy marosim emas, balki eʼtiqodning özagi, erkinligi kafolatlangan huquq» ekanini qayd etdi.
«1998 yil, 1 mayda qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi qonunning 14-moddasida amalga oşiriş joyi çeklangan amallar qatorida «diniy marosimlar» bilan birga «ibodat» ham körsatilgan edi.
2021 yil, 5 iyulda qabul qilingan yangi tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi qonunning 7-moddasida, «Milliy tiklaniş» DP fraktsiyasining taşabbusi bilan, joy böyiça çeklovlar belgilangan amallar qatoridan «ibodat» sözi olib taşlangan.

Demak, amaldagi qonunda ibodat joyi uçun çeklov belgilanmagan. Albatta, ibodat odobiga rioya qiliş majburiyati muhokama uçun mavzu emas.
Sudya ibodat uçun şaroit yaratgan Farhod Rahmonovga nisbatan MJKning 201-moddasi ikkinçi qismi bilan jarimani xato qöllamoqda. Modda ibodat yoki ibodatga şaroit yaratganlik uçun emas, «diniy marosim» ötkaziş talabini buzganlik uçun qöllaniladi.
Farhod Rahmonov sud qarorini belgilangan tartibda şikoyat qilişi mumkin.
Qolaversa, inson huquq va erkinliklari ustuvor deb hisoblanayotgan mamlakatimizda eʼtiqod qiluvçilarni ibodat amallari uçun, butun dunyoda keng qöllanilayotgan amaliyot sifatida, jamoat joylarida ham qulay şaroit yaratib berilişi kerak», deb yozadi Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari, «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi markaziy kengaşi raisi Alişer Qodirov.









