52 yoşli hindistonlik tadbirkor 27 yil birga yaşagan rafiqasi uçun uy sifatida Toj Mahalning kiçraytirilgan nusxasini qurdirdi. Bu haqda BBC yozmoqda.
Qayd etilişiça, mazkur “muhabbat yodgorligi”ni tadbirkor Anand Prakaş Çouksi Hindistonning markaziy Madhya-Pradeş ştatidagi Burxonpur şahrida barpo etgan.
“Bu nafaqat xotinim uçun, balki şahar va uning aholisi uçun ham sovğa böldi”, deyde tadbirkor.



Uning sözlariga köra, odamlar bemalol uy atrofida aylanişi va dam olişi mumkin, ammo uy içiga kirişi taqiqlanadi. Çunki uyda oila doimiy yaşaydi.
Xabarga köra, uyni quriş uçun taxminan 20 million rupiy (199 ming funt yoki 260 ming dollar) sarflangan. Toj Mahalning nusxasi 50 gektar maydonda joylaşgan. Tarkibida şifoxona ham mavjud.
Maʼlumot uçun, Toj Mahal majmuasi Zahiriddin Muhammad Boburning avlodi Şoh Jahon tomonidan rafiqasi Mumtoz Mahalga atab qurilgan. Yigirma yildan ortiq vaqt davomida qurilgan inşootning maqbara va minoralari oq marmar bilan qoplangan. Yodgorlik şarqona naqşlar va Qurʼon suralari bilan bezatilgan.
1983 yilda YUNESKOning jahon merosi röyxatiga kiritilgan Toj Mahal dunyoning yetti möʼjizasidan biri sanaladi. Gözallik, muhtaşam va muhabbat timsoliga aylangan inşoot butun dunyo sayyohlarini öziga jalb etadi. Toj Mahalni köriş uçun har yili dunyoning turli davlatlaridan 5 million sayyoh keladi.









