Özbekiston Respublikasi Prezidentiining “Har bir oila – tadbirkor” dasturini hamda Namangan viloyatidagi kiçik sanoat zonalarini rivojlantirişni moliyalaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, koronavirus pandemiyasi şaroitida ijtimoiy ahvoli va turmuş şaroiti oğirlaşgan oilalarning bandligini taʼminlaş orqali ularga daromad manbaini yaratiş maqsadida Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasidan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi uçun qöşimça ravişda 98 million AQŞ dollari:
• “Agrobank” ATBga – 40 million AQŞ dollari;
• AT Xalq bankiga – 30 million AQŞ dollari;
• “Mikrokreditbank” ATBga – 28 million AQŞ dollari ekvivalentida mablağlar ajratilişi belgilandi.
Şuningdek, qaror bilan mikromoliyaviy xizmatlar körsatuvçi taşkilotlar hamda nodavlat notijorat taşkilotlariga yoşlar va xotin-qizlarni kiçik tadbirkorlikka jalb qiliş loyihalarini qöllab-quvvatlaşga – 2 million AQŞ dollari;
Namangan viloyatidagi kiçik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantiriş uçun Namangan viloyati hokimligiga – 50 million AQŞ dollari ajratiladi.









