Endilikda Özbekistonda tadbirkorlar tomonidan örnatilgan foto va video radarlar 5 tadan ortiq qoidabuzarlikni xato aniqlasa, unga bölgan mulk huquqi bekor böladi. Bu respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş sohasiga xususiy sektorni jalb etişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” 2021 yil 21 apreldagi 232-son qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida” gi qarorda nazarda tutilgan.
Unga köra, kuzatuv kameralari orqali avtomatlaştirilgan axborot tizimiga yuborilgan maʼlumotlardagi xatoliklarning umumiy soni beş va undan ortiq miqdorni taşkil etca, tadbirkorlik subʼektining obʼektga bölgan mulk huquqi sud orqali bekor qilinadi.
Şuningdek, tadbirkorlik subʼektlari tomonidan avtomobil yöllarida yöl harakati qoidalari buzilganini aniqlaydigan foto va video qayd etiş dasturiy-texnik vositalarini örnatiş va işga tuşiriş muddati 60 kundan 180 kunga uzaytiriladi.
Yöl harakati qoidabuzarliklaridan undirilgan jarima summasi taqsimlanişida tadbirkorlik subʼektlariga berilgan imtiyozli davr 1 yildan 2 yilga uzaytiriladi.









